RF harbiylari oktabr oyi boşidan Ukraina poytaxti Kiyev şahrini ikkiga ajratib turuvçi Dnepr daryosi ustidan ötgan köpriklar böylab zarba beriş kampaniyasini boşladi – bungaça uşbu köpriklar hujumga uçramagandi.

1 va 2-oktabr kunlari Rossiya dronlari Janubiy köprikka hujum qilgan. Natijada ustunlardan biri, yöl çetidagi tösiq, yöl qoplamasi va metropolitenning beton tösiği şikastlangan. Köprik böylab harakat töxtatildi; u hozirgaça avtomobillar uçun ham, metro poyezdlari uçun ham oçilmadi.

Valentyn Ogirenko / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya reaktiv droni Kiyevdagi köpriklardan birining fonida, 2026-yil 2-oktabr

3-oktabrda esa Şimoliy köprikka ham hujum qilindi. Ikki kişi jarohatlanib, yöl qoplamasi hamda trolleybus aloqa tarmoği şikastlangan. Köprik böylab harakat qisman çeklangan.

4-oktabr tongida uşbu köprik takroriy hujumga uçradi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda zarba berilgan vaqtda köprik böylab avtomobillar harakatlanayotgan bölganini köriş mumkin.

Şahar meri Vitaliy Kliçko ikkinçi hujum oqibatlari yuzasidan tafsilotlarni keltirmagan – jarblanganlar bor yoki yöqligi va köprikning hozirgi holati maʼlum emas. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda ertalabki zarbadan keyin köprik yölida ulkan teşik hosil bölganini köriş mumkin.

Bu hujum Ukraina poytaxtiga Germaniya kansleri Fridrix Mers taşrif buyurgan vaqtga töğri keldi.

Kiyevda Dnepr daryosi ustidan ötgan jami töqqizta köprik mavjud. Ukrainalik ekspertlar köpriklarni vayron qiliş uçun dronlar bilan berilayotgan zarbalar yetarli emasligini aytişmoqda – bunday vazifa uçun ança kuçliroq qurol qöllaş kerak böladi. Ammo agar dronlar orqali hujumlar davom ettiriladigan bölsa, ular köpriklarni avariyaviy holatga keltirişi mumkin. U holda köpriklar yopiladi, bu esa Kiyev böylab logistikani jiddiy darajada qiyinlaştiradi. Hozirdan muammolar yuzaga kelgan: Janubiy köprik böylab dastlabki zarbalardan keyin Ukraina poytaxtida ulkan tirbandliklar boşlangan.