«Ta'limda korrupsiyaning oldini olişmi yoki taka bölsin, sut bersinmi?». Deputatlar maktabga qabul qilişning yangi tartibiga 6ta e'tirozni sanaşdi
|18:20 / 15.06.201935 42714 min
Foto: DepositphotosFoto: Depositphotos
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Abduraşid Abduqodirov va Rasul Kuşerbayev poytaxt maktablarida yangi öquv yilidan bolalarni 1-sinfga qabul qilişning yangi tizimi joriy etilişi munosabati bilan boşlangan muhokamalarga qöşildi. Deputat Kuşerbayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida hammualliflikda yozilgan «Ta'limda korrupsiyaning oldini olişmi yoki taka bölsin, sut bersinmi? Nega Konstitutsiyamiz va qonun normasiga zid hujjatlar qabul qilinmoqda?» sarlavhali maqola matnini keltirgan.
Hammamiz guvohi bölayotganimizdek, sönggi vaqtlarda e'lon qilinayotgan yangi qonun va qarorlar aholi, jamoatçilik örtasida keng muhokamalari bölib ötmoqda. Bunda ommaviy axborot vositalari, jumladan, televideniye, bosma naşrlar va ijtimoiy tarmoqlarning örni juda katta bölayotganini ham e'tirof etiş zarur.
Eng muhimi, bu kabi muhokamalar jarayonida halqimizning bildirayotgan haqli e'tirozlariga sabab bölgan hujjatlar böyiça, vakolatli davlat organlari tomonidan uşbu e'tirozlarni örinli deb topib, tegişli normativ huquqiy hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritilayotgani, albatta, jamiyatimizda röy berayotgan ijobiy özgarişlardan darak beradi.
Lekin, xalqning e'tiroziga sabab böladigan qarorlarning qabul qilinişiga yöl qöymaslik, aholining bu kabi haqli e'tirozini uyğotadigan qarorlar qabul qilinişi oldini oliş yana ham yaxşiroq bölar edi, albatta.
Biroq....
Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 7 iyunda e'lon qilingan «Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentini tasdiqlaş töğrisida»gi №-469 sonli qarori köpçilik fuqarolarimizning e'tirozlariga, jamoatçilikning qizğin muhokamalariga sabab böldi. Vazirlar Mahkamasining qarori yuzasidan köplab yurtdoşlarimiz, saylovçilarimiz özlarining e'tirozlarini bildirib, uşbu masalada yordam sörab murojaat qilmoqdalar.
Xöş, uşbu qarorda nimalar közda tutilgan va e'tirozlarga nimalar sabab böldi?
Avvalo, uşbu qarorda 2019/2020 öquv yili uçun bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş 2019 yil 20 iyundan boşlab Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bosqiçma-bosqiç joriy etilişi nazarda tutilgan.
Birinçi e'tiroz:
Mavzuga oid
tegişli maktabga qabul qiliş faqatgina Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilişi nazarda tutilgan. Köpçilikning yaşaş manzili esa Davlat xizmatlari markazi joylaşgan yerdan köra öşa maktabga yaqinroq. Biroq, nega öşa maktabga yaqinroq yerdagi aholiga asosiy kvota böyiça uşbu ta'lim muassasaning öziga borib töğridan-töğri murojaat qiliş imkoniyati berilmayapti. Bu axir, xalqning yaqinini uzoq, yengilini oğir qiliş emasmi?
Uşbu qaror bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentiga muvofiq tuman (şahar) hokimliklari zaruratga köra tegişli yilning 1 yanvariga qadar umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlaşi belgilangan.
Ikkinçi e'tiroz: Maktablarga hududlarning biriktiriş böyiça mezonlarni belgilamasdan turib, hokimliklarga umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hududlarni tasdiqlaş vakolatini berişning nima keragi bor? Şundoq ham, hokimiyatlarga berilgan vakolatlardan noqonuniy manfaatlarda foydalanilayotganiga oid misollar yetarliça emasmi? Buning örniga, ta'lim beriş tilini inobatga olgan holda tegişli ta'lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylaşgan xonadonlar öşa umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanişini; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, şuningdek, şu maktabda akasi yoki singlisi öqiyotgan bolalar uçun ustuvorlikni belgilaş töğri va adolatli emasmi?
Qaror bilan qabul qilingan reglamentda qabul kvotasi asosiy va qöşimça kvota turlariga ajratilgan:
Asosiy kvota — tuman (şahar) hokimliklari tomonidan umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohududda istiqomat qilayotgan fuqarolarning farzandlari, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar sonini inobatga olgan holda şakllantiriladi;
Qöşimça kvota — umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi, mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan, ya'ni tegişli yilning 1 yanvaridan 31 avgustiga qadar 7 yoşga tölmaydigan bolalar (tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan), şuningdek, umumta'lim muassasalarida ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölmagan bolalar uçun ajratiladi.
Şuningdek, uşbu reglamentdagi asosiy kvota asosida qabul qiliş tartibiga köra umumta'lim muassasalariga biriktirilgan mikrohudud böyiça tegişli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoşga töladigan bolalar qabul qilinişi nazarda tutilgan.
Uçinçi e'tiroz: Nima uçun asosiy kvotaga ta'lim beriş tilini inobatga olgan holda tegişli ta'lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylaşgan xonadonlarda yaşovçi bolalar töliq va töğridan-töğri kiritilmayapti? Bunda boşqa tilda ta'lim beruvçi maktabga ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölgan bolalar nega körsatilmagan?
Mamlakatimiz konstitutsiyasining 41-moddasida bepul umumiy ta'lim oliş davlat tomonidan kafolatlanişi, şuningdek, amaldagi «Ta'lim töğrisida»gi qonunda maktabning birinçi sinfiga bolalar olti-yetti yoşidan qabul qilinişi belgilab qöyilgan (Garçi uşbu qonun bugungi kun talabidan kelib çiqib aytganda, yangi tahrirga muhtoj bölsa-da, bu qonun hali bekor qilinmagan). Şuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy örta ta'lim töğrisida»gi NIZOMda quyidagiça belgilangan:
Davlat umumta'lim muassasalarida umumiy örta ta'lim oliş bepul amalga oşirilişi;
Davlat ta'lim standartlariga muvofiq har bir şaxsning ta'lim va tarbiya olişdagi konstitutsiyaviy huquqini röyobga çiqariş umumiy örta ta'limning maqsadi hisoblanişi;
Umumta'lim muassasasi rahbariyati mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoşidagi bolalarni öz vaqtida umumta'lim muassasasiga öqişga jalb qiliş uçun mas'ul hisoblanişi;
Umumta'lim muassasalarining I sinfiga 6-7 yoşli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq qabul qilinişi;
Tegişli yilning 31 avgustiga qadar 6,5 yoşga tölmagan, I sinfda öqiş istagini bildirgan bolalarning ota-onalari bilan umumta'lim muassasasining pedagog xodimlari va psixologi tomonidan bolani maktabda öqişga jismonan va ruhan tayyorlaş böyiça tuşuntiriş işlari olib borilişi.
Törtinçi e'tiroz: Yuqoridagilardan kelib çiqib, nima uçun 6 yoşga tölgan, biroq, tegişli yilning 31 dekabriga qadar 7 yoşga tölmagan bolalar asosiy kvota asosida bepul asosda qabul qilinişi nazarda tutilmagan? Bu yoşdagi bolalarni asosiy kvota asosida qabul qilinmasligi hamda ularni faqat ma'lum miqdordagi pul evaziga qöşimça kvota asosida qabul qilinişi amaldagi konstitutsiyamiz va qonun normasiga zid-ku! Qolaversa, uşbu reglamentdagi belgilangan bu kabi qoidalar, umumiy örta ta'lim töğrisidagi nizom talablariga ham mos kelmaydiku?
Reglamentga köra, bolalarni umumta'lim muassasalariga yöllanmalar mavjud bölmaganda rasmiylaştirişga yöl qöyilmasligi hamda bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnomada öqişga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bölganda (soğlom ekanligi körsatilganda) bola umumta'lim muassasasiga qabul qilinişi belgilangan.
Beşinçi e'tiroz: Nega, tegişli umumta'lim muassasasiga yöllanmaga ega va bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnomada öqişga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bölganda (soğlom ekanligi körsatilganda) bolani tegişli umumta'lim muassasasiga qabul qilinişi şartligi va heç qanday asosda bunday bolalarni maktabga qabul qilişni rad etiş mumkin emasligi körsatib qöyilmagan? Bu kabi majburiyat belgilanmaganidan ta'magirlik maqsadida foydalanadiganlar topilmaydimi, axir?
Uşbu qaror bilan, 2019/2020 öquv yilidan boşlab bolalarni umumiy örta ta'lim muassasalariga qabul qiliş jarayoni Davlat xizmatlari markazlari yoki Özbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşiriladigan ta'lim muassasalari röyxati tasdiqlangan. Şuningdek, Reglamentga köra, qöşimça kvota umumta'lim muassasalarining imkoniyatidan kelib çiqib, umumta'lim muassasasining öquvçilarni qabul qiliş uçun malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlangani, sinf xonalarining öquv mebellari bilan jihozlanganidan kelib çiqib Kuzatuv kengaşining tavsiyasi va umumta'lim muassasasi rahbarining buyurtmasi asosida Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri, Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi va viloyatlar xalq ta'limi boşqarmalari boşliqlarining buyruği bilan tasdiqlanadi.
Oltinçi e'tiroz: Toşkent şahrida tölov evaziga bir qator maktablarga qabul qilinişi belgilangan bu tartib jamiyatimizda aholini boy va kambağalga ajratişning hukumat hujjati bilan qöllab-quvvatlangan oşkora körinişiga olib kelmaydimi? Umumiy ta'limning bepulligi böyiça mavjud Konstitutsiyaviy prinsipga va konstitutsiyaviy huquqqa putur yetkazibgina qolmay, jamiyatimiz kuçli tabaqalaştirilişiga olib kelmaydimi? Bu tartib korrupsiyaning oldini oliş emas, balki, korrupsiyaga yöl qöyib kelgan ta'lim muassasalari mas'ullarining ötmişdagi işini berkitiş va qonuniylaştiriş degani-ku! Aslida, bunga yöl qöyganlar qonun oldida javob berişlari kerak!
Bundan taşqari, uşbu röyxatga kiritilgan aksariyat (balki barçasi ham bölişi mumkin) umumta'lim muassasalaridagi öquvçilarning soni uşbu muassasalarning quvvatidan deyarli ikki barobarga köp bölib, ikki smenada öqiş taşkil etilgan-ku? Şuningdek, uşbu muassasalarning aksariyatida köplab fan öqituvçilari böyiça ham vakant iş örinlari mavjud. Nima uçun, reglament talablariga javob bermaydigan, ya'ni, quvvatidan öquvçilari soni köp bölgan, ikki smenada öqiş taşkil etilgan va fan öqituvçilari böyiça öqituvçilar yetişmaydigan umumta'lim muassasalari qöşimça kvota asosida qabul qilinişi mumkin bölgan muassasalar röyxatiga kiritilgan? Nima uçun, xalqimizning asosiy kvota hisoblanadigan farzandlari qöşimça pullik kvota asosda qabul qilingan öquvçilar hisobiga ikkinçi smenada öqişi kerak? Bu kabi holatlar ta'lim sifatiga ham salbiy ta'sir qilişi aniq-ku?
Xulosa
Tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan hamda bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnomada öqişga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bölgan barça bolalarni tegişli maktabga qabul qilişda aholiga asosiy kvota böyiça töğridan-töğri tegişli ta'lim muassasasiga murojaat qiliş imkoniyati beriş;
Ta'lim beriş tilini inobatga olgan holda tegişli ta'lim muassasasiga eng yaqin manzilda joylaşgan xonadonlar öşa umumta'lim muassasalariga biriktirilgan hudud deb hisoblanişi; bunda, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, şuningdek, şu maktabda oilaning boşqa farzandlari öqiyotgan bolalar uçun ustuvorlikni belgilaş;
Boşqa tilda ta'lim beruvçi maktabga ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bilim (muloqot qiliş) könikmasiga ega bölgan bolalar asosiy kvotani taşkil etib, bunda, tegişli ta'lim muassassasiga eng yaqin manzildagi xonadon farzandlariga, otasi yoki onasi I guruh nogironi bölgan hamda yetim yoki ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan, şuningdek, şu maktabda oilaning boşqa farzandi öqiyotgan bolalar uçun ustuvorlikni belgilaş;
Qöşimça kvota böyiça umumta'lim muassasalariga qabul qiliş uçun mikrohududdan taşqarida istiqomat qilayotgan hamda tegişli yilning 1 sentyabriga qadar 6 yoşga töladigan hamda bolaning soğliği töğrisida tibbiy ma'lumotnomada öqişga tavsiya etilgan tibbiy xulosa mavjud bölgan barça bolalarni tegişli umumta'lim muassasalarida 15 avgustga qadar kelib tuşgan arizalar asosida röyxatini şakllantiriş; bunda, sinflardagi öquvçilar sonini 35 nafardan oşib ketişiga, ikki smenadan ortiq smenada maşğulotlar olib borilişiga yöl qöymasdan (keyinçalik bunday maktablar uçun qöşimça binolar qurişni nazarda tutgan holda), zarur hollarda tegişli moliya bölimlari orqali yangi taşkil etiladigan sinflar böyiça moliyalaştiriş işlarini hal etgan holda qöşimça qabulni 31 avgustga qadar yakunlaş. Bunda, bolalarning yaşaş manzilini tegişli maktabga qançalik yaqinligiga hamda ustuvorlik huquqiga qat'iy amal qilinişi şart. Qöşimça kvota böyiça umumta'lim muassasalariga qabul qilişni töliq bepul asosda amalga oşiriş maqsadga muvofiq bölar edi.
Sönggi söz örnida: Bugungi kunda mamlakatimiz aholisining 10 millionga yaqin farzandlari maktabgaça, umumiy örta, örta maxsus va oliy ta'lim tizimi bilan qamrab olingan. Bizning ham farzandlarimiz maktabgaça ta'lim muassasasida, umumta'lim maktabida, oliy ta'lim muassasida ta'lim olmoqdalar. Uşbu farzandlarimiz umrining dastlabki 20 yillari özining kelajagi uçun poydevor quriş vazifasini bajarişi kerak bölgan ta'lim muassasalarida ötmoqda. Biroq, mamlakatimiz ta'lim tizimining barça böğinlarida poraxörlik, ta'magirlik, taniş-bilişçilik kabi illatlar saqlanib qolmoqda. Boşqaruv tizimida köp hollarda mutlaqo noloyiq, mavjud muammo va kamçiliklardan bexabar yoki ularga befarq, salohiyatsiz rahbarlar işlab kelmoqda. Mavjud muammolarni hal etişning eng birinçi zaruriy şarti bu - öşa muammolar mavjudligini tan oliş bölsa, ikkinçi muhim şart öşa muammolarni hal etişda jamoatçilik muhokamalari asosida töğri çora-tadbirlar işlab çiqiş va amalga oşiriş bölgani holda, aksariyat hollarda muammolarni yöqdek qilib körsatiş, berkitiş kabi holatlar mavjud. Bugungi kunda, davlat rahbari tomonidan barça sohalardagi mavjud muammolarni hal etiş yuzasidan katta imkoniyatlar, vakolatlar berilmoqda. Foydalanilmayotgan köplab içki imkoniyatlar mavjud. Bularni inobatga oladigan bölsak, ta'lim tizimida saqlanib qolayotgan köplab muammolardan kelib çiqib, ta'lim sohasida faoliyat körsatayotgan barça böğindagi mas'ul rahbarlarning faoliyatini qoniqarsiz deb baholaş mumkin.
Men, siz va boşqa yurtdoşlarimiz öz farzandlarimizning kelajagini, haqiqatan ham, porloq bölişini, ularni bilimli, soğlom va albatta, baxtli bölişini çin yurakdan istaymiz. Uşbu ezgu orzularimizga barça farzandlarimiz uçun birdek sifatli ta'lim-tarbiya berişni yölga qöysakkina erişa olamiz? Şunday emasmi?
Abduraşid Abduqodirov, Rasul Kuşerbayev,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari