Dunyodagi eng yirik uy-joy bronlaş va mehmonxona xizmati Airbnb öz mijozlariga dunyo böylab sayohat uyuştirişni taklif qildi. Sayyohlik xizmatlari sohasida ham işlovçi xizmat taşrif buyurişni taklif qilayotgan davlatlar orasida Özbekiston ham taqdim qilingan.

Dunyo böylab sayohat yönalişi Airbnb faoliyatining yangi yönalişi – “Sarguzaştlar” (Adventures) doirasida işlab çiqilgan. Uning mualliflari yozuvçi Jyul Vernning “Dunyo böylab 80 kun” romanidan ilhomlanib, asardagi kabi sayohatga jönaş nuqtasi sifatida Londonni tanlaşgan. Biroq yangi yönaliş romandagidan ança farqlanadi.

Yönalişga köra, 12 hafta içida sayyohlar 18 ta davlat: Ruminiya, Özbekiston, Xitoy, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Yaponiya, AQŞ, Lotin Amerikasi davlatlariga taşrif buyurişadi. Har bir davlatda ularni mahalliy aholi kutib olib, ularga öz madaniyati va urf-odatlari haqida sözlab beradi. Sayohat 1 sentyabrda boşlanadi.