Yaqin ikki yil içida Huawei daromadi 30 milliard dollarga qisqaradi, deb ma'lum qildi kompaniya asosçisi Jen Çjenfey.
Uning sözlariga köra, AQŞ hukumatining kompaniyani qora röyxatga kiritiş töğrisidagi qarori sababli kelgusi ikki yil davomida işlab çiqarişni qisqartirişga töğri keladi.
16 may kuni AQŞ savdo vazirligi Xitoyning Huawei kompaniyasi va uning 70ta filialini qora röyxatga kiritdi. Keyinroq Google, Intel, Qualcomm, Xilinx va Broadcom kompaniyalari Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni töxtatganini ma'lum qildi. Şuningdek, Britaniyaning ARM korporatsiyasi ham ular safiga qöşildi.












