Taşqi işlar vazirligi Hindistondagi Özbekiston fuqarolariga imkon qadar Bixar ştatiga taşrif buyurmaslik va ehtiyot çoralarini körişni tavsiya etdi. Özbekistonning Dehli şahridagi elçixonasi ma'lumotlariga köra, Bixar ştati aholisi ziç joylaşgan hududlarida ötkir ensefalit sindromi tarqalmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, qurbonlar soni 80 kişidan ortiq bölib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalişini bartaraf etiş böyiça çoralar körmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi Özbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli şahridagi elçixonasiga murojaat qilişlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.
Times of India gazetasining yozişiça, ötkir ensefalit sindromi tarqalişiga yuqori harorat va namlik sabab bölgan.
Okrug hukumatining xabariga köra, yana 108 nafar bola mahalliy kasalxonalarda davolanmoqda.
Bixarda keyingi bir neça hafta davomida mavsum uçun noodatiy jazirama saqlanib turibdi – simob ustunlari kun davomida 40 darajadan pastga tuşmayapti. Nyu-Dehlida esa 10 iyun kuni harorat 50 darajaga yetdi, bu mamlakat poytaxti tarixidagi eng yuqori körsatkiçdir.












