Germaniya kansleri Angela Merkel Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uçraşuv vaqtida özini juda yomon his qildi. Uşbu holat tasvirlagan lavhani ReN TV namoyiş etdi.
Kadrda ikki davlat rahbarlari qizil gilamda turişgani aks etgan. Kutilmaganda Merkel qaltiray boşlaydi, qöllari holatini bir neça marta özgartiradi. Zelenskiy bölib ötayotgan voqeaga heç qanday munosabat bildirmaydi.
Kanslerning özini yomon his qilişiga issiq harorat sabab bölgan bölişi mumkin: seşanba kuni Berlinda havo harorati 30 darajaga yetdi.
Ukraina prezidenti Germaniyaga bir kunlik taşrif bilan keldi. U Germaniya kansleri bilan Donbassdagi nizoni töxtatiş va iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qilişdi.











