«Toşissiqquvvati» davlat unitar korxonasi Çilonzor tumani bölimi texnik xodimi firibgarlik yöli bilan 27 million sömni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgani ma'lum böldi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Z.M. ismli xodim 2018 yil davomida 58 nafar fuqarodan isitiş tizimi va issiq suv manbasi uçun 27 million söm undirgan. Biroq u tölangan pullarni iste'molçilarning şaxsiy hisob-raqamlariga tuşirmasdan, ularga tölov kvitansiyalarini yozib beriş orqali mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Mazkur korxona murojaatiga asosan Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Departamentning Çilonzor tumani bölimi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekşiruvda mazkur holat foş etilgan.
Hozirda uşbu holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.











