«Imarat Development» quriliş loyihasi egasi Marat Hamdamov Toşkent şahar IIBB tomonidan olib borilayotgan jinoyat işida gumonlanuvçi tariqasida jalb etilgan va JPKning 227-moddasi tartibida uşlangan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Bu voqea kompaniya loyihalaridagi xonadonlar mijozlariga vaʼda qilingan (şartnomada körsatilgan) muddatlarda topşirilmagani ortidan muammolar yuzaga kelişi fonida bölmoqda.
1-noyabr kuni Toşkent şahar IIBB tergov boşqarmasi ofisi Sergeli tumanidagi Buyuk avlod şoh köçasida joylaşgan «Imarat Development» masʼuliyati çeklangan jamiyat rahbariyatiga nisbatan JKning 168-moddasi va 192 prim 11-moddasi bilan jinoyat işi qözğatgandi.
Toşkent şahar IIBBning Kun.uz'ga maʼlum qilişiça, jinoyat işi doirasida M.X. va J.A. Jinoyat protsessual kodeksining 227-moddasi (Suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning qaroriga binoan uşlab turiş) tartibida uşlangan.
Maʼlumot uçun, JPKning 227-moddasiga köra suriştiruvçining, tergovçining yoki prokurorning uşlab turiş, gumon qilinuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qiliş haqidagi qarori asosida içki işlar organi yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organ xodimi uşlangan şaxsni eng yaqin içki işlar organiga yoki huquqni muhofaza qiluvçi boşqa organga darhol olib borişi şart.
Mojaro tarixi
Mazkur quruvçi kompaniya atrofidagi mojaro ötgan yili boşlangandi.
2025-yil iyul oyida Toşkent viloyatining Quyi Çirçiq tumanidagi Sergeli City turar joy majmuasi qurilişida qoidabuzarliklar aniqlangandi. Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi maʼlumotlariga köra, beşta blokdagi (A9, A10, A11, D1 va D2) işlar zarur davlat röyxatidan ötmasdan olib borilgan. Bundan taşqari, mutaxassislar beton ustunlarda böşliqlar, poydevor ostida suv töplanişi va loyihada közda tutilgan drenaj tizimi yöqligini aniqlagan.
Inspeksiya qoidabuzarliklarni bartaraf etiş töğrisida körsatma bergan va körsatilgan bloklar qurilişini vaqtinça töxtatgan. Özini loyiha asosçisi sifatida taniştirgan tadbirkor Marat Hamdamov bunga javoban işlar butunlay töxtatilmagani, balki vaqtinça töxtatib turilganini va kompaniya qonun doirasida harakat qilayotganini taʼkidlagan.
Kun.uz saytida eʼlon qilingan videoreportajlarda esa murojaatçilar bir neça oy davomida öz mablağlarini qaytarib olişga erişa olmaganini aytib berişgandi.












