Tutqunlikda uşlab turilgan şaxslarni özaro almaştiriş har ikki tomonning Donbassdagi nizoni bartaraf etiş niyatidan guvohlik bergan bölardi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Germaniya bundestagi raisi Volfgang Şoyble bilan uçraşuvida aytdi.

Uning sözlariga köra, odamlarni almaştiriş «15 ga 15» yoki heç bölmaganda «10 ga 10» şaklida amalga oşirilişi mumkin.  

Zelenskiy şuningdek, Ukraina hozirda Donbassni rivojlantiriş loyihasini tayyorlayotganini aytdi. 

«Bu işda Yevropa ham yordam berişi mumkin», — dedi u.

Donbassdagi qurolli nizolar 2014 yilda boşlangan. Hududning bir qismi Kiyev nazoratidan çiqib ketgan hamda “DXR” va “LXR” respublikalari taşkil etilgan. Bunga javoban Ukraina hukumati qurolli operatsiya boşlagan.