Bugun, 19 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatov iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Tadbir davomida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi 469-qarorida Toşkentdagi 81ta maktabda 1-sinfga qabul uçun tajriba sifatida pulli qabulni közda tutuvçi yangi tizim joriy qilingani muhokama qilindi.

Xalq ta'limi vaziri Şerzod Şermatovning aytişiça, poytaxtning 81ta maktabida joriy etilayotgan yangi tartib Özbekiston Konstitutsiyasiga zid emas. 

«Har kim maktabda bepul ta'lim oliş huquqiga ega. Heç kim, jumladan Toşkent şahrida ham bolalar ta'limdan mosuvo qilinmaydi. Lekin Konstitutsiyada ota-ona istalgan maktabga farzandini berişi qayd etilmagan, balki maktab işlari davlat nazoratida ekani belgilangan», — deydi u. 

Vazirga köra, har qanday demokratik davlatda kimsaning huquqi boşqa kişining erkinliklarini poymol etişni boşlasa, çeklanişi lozim.

Ta'kidlanişiça, Toşkentdagi 26 foiz maktabda şahardagi jami öquvçilarning 43 foizi tahsil oladi. Mikrohudud kesimida yaqin-atrofdagi maktabga boriş imkoniyati yöqolgan bolalarning huquqlari aynan şu masala yuzasidan poymol etilişi aytildi. 

Şunga köra, Toşkentdagi 309ta maktabdan 81tasida 1-sinfga qabul uçun tajriba sifatida yangi tizim joriy qilinmoqda.
Yangi tizimga muvofiq, bolalar yon-atrofdagi eng yaqin maktabga qabul qilinişda ustuvorlikka ega böladi. Boşqa hududda doimiy yaşovçi ota-onalar farzandini yaşaş joyidan uzoqda joylaşgan maktabga borişini istasa, böş örin paydo bölişini kutişi lozim. 

Vazirlar Mahkamasi qarorida esa boşqa mikrohududdan öqişga qabul qilinadigan bolalarning ota-onasi belgilangan summani tölasagina farzandini istagan maktabga joylaştiriş imkoniyati paydo bölişi bayon qilingandi. Vazir bu tadbir bilan korrupsiogen omillarni qirqilişini aytdi. 

«Bu röyxat qanaqa tuzilgan? Bu röyxat qaysi maktablarga kim köp qönğiroq qiladi, şu tomondan kelib çiqib tuzilgan. Heç kim borib uni uşlamagan, boşqa qilmagan... Mendan tortib, maktab direktorigaça istalgan darajadagi rahbarni olaylik. Qaysilariga köp qönğiroq böladi? Qönğiroq orqali joylaştirişning statistikasini taxminan körsatdim, töğrimi? Ayrim maktablarda endi öqişga kirgan öquvçilarning 50-70 foizi qönğiroq-iltimos orqasidan kirgan. Bu qönğiroq degani hammasi korrupsiya degani emas. Qönğiroq degani, qaysidir bitta boşqa organ bor, tekşiruvçi bor, boşqa bor va hokazo. Iltimos qiladigan oddiy organ bor. Şular orqali kirgan. Endi u degani hammasi korrupsioner degani emas», — deydi u.