Rossiyaning Nijniy Novgorod şahridagi sud Özbekiston fuqarosining 10 kg dan ortiq soç tolasini rasman musodara qildi.
Yölovçi Nijniy Novgorodning Çkalov nomidagi aeroportiga Özbekistondan 2025 yil 22 iyulda uçib kelgan, biroq musodara haqidagi sud qarori 2026 yil mart oyi boşida e’lon qilindi.
Uning yukida turli uzunlikdagi 94 ta tabiiy inson soçi topildi. Umumiy vazni 10,05 kg ni taşkil etdi.
Erkak yukni deklaratsiya qilmasdan «yaşil yölak» orqali ötişga uringan. Tovarning hajmi va xususiyati «şaxsiy foydalaniş uçun» toifasiga mos kelmasligi sababli, u bojxona deklaratsiyasini taqdim etişi şart edi.
Şaharning Avtozavodskaya tumani sudi çet ellikni tovarlarni deklaratsiya qilmaganlikda aybdor deb topdi. Soçlar davlat daromadiga ötkazildi. Ayni paytda erkak bu qaror ustidan viloyat sudiga şikoyat qilişga urinayotgani aytilmoqda.
Ammo bu rekord emas: 2025 yil iyul oyida Volgogradda Dubaydan uçib kelgan yana bir Özbekiston fuqarosining 4,3 million rubldan ortiq qiymatdagi qariyb 41 kg soçi (222 boğlam) musodara qilindi. Ular Moskvadagi gözallik saloniga yetkazilişi kerak edi.









