Inson boş terisida 100 mingdan 150 minggaça soç follikulasi mavjud bölib, har kuni örtaça hisobda 50–100 ta tolaning tökilişi tabiiy yangilaniş jarayoni hisoblanadi. Ammo kundalik yöqotişning 100 tadan oşişi soçlarning patologik tökilayotganidan, ya’ni organizm içki muvozanatida jiddiy özgarişlar yuzaga kelganidan darak beradi. Irsiy omillar, gormonal buzilişlar, stress, notöğri ovqatlaniş yoki ayrim dori vositalarining nojöya ta’siri soç tökilişining turli körinişlariga sabab bölişi mumkin:
Notöğri ovqatlaniş. Temir, rux, D vitamini, biotin (B7), oqsil yetişmovçiligi soç follikulalarini zaiflaştiradi. Ayniqsa, ketogenik parxez yoki özini-özi oçlikka mahkum qiliş (masalan, ekstremal parhezlar) ham soç tökilişiga olib keladi.
Stress va psixologik bosim. Kuçli hayajon, xavotir yoki ruhiy bosim ta’sirida soç ildizlari “dam oliş” holatiga ötadi. Ya’ni ular faol ösişdan töxtaydi va biroz vaqt ötgaç, tökila boşlaydi. Bu jarayon odatda 2–3 oy içida yuz beradi va köplab soçlar ildizi bir vaqtning özida mörtlaşadi.
Gormonal muvozanat buzilişi. Ayollarda polikistik tuxumdon sindromi (PSOS), tuğuruqdan keyingi davr, menopauza kabi holatlar, estrogen va testosteron darajasidagi özgarişlar sababli erkaklarda esa dihidrotestosteron (DHT) nomli gormonning ortişi tufayli soç tökiladi.
Medikamentoz omillar. Qandli diabet, qalqonsimon bez kasalliklari, revmatoid artrit, yalliğlanişli içak kasalliklari uçun möljallangan dori vositalari, şuningdek, kimyoterapiya yoki antidepressantlar soç ösişini töxtatişi mumkin.
Asosiy turlari
Irsiy soç tökilişi (androgenetik alopesiya): Bu turdagi soç tökilişi nasldan-nasl ötadi. Erkaklarda 18–25 yoş oraliğida ilk belgilari sezila boşlaydi. Jarayon peşona çiziğining orqaga çekinişi yoki boşning tepa (vertex) qismida soç siyraklaşişi şaklida namoyon böladi. Ayollarda 25–40 yoş oraliğida kuzatiladi, ularda erkaklarnikidan farqli ravişda soç butun boş terisida tarqoq tarzda kamayadi. Peşona çiziği saqlanib qoladi, ammo soç umumiy ziçligi ozayadi. Mazkur turdagi alopesiyani butunlay töxtatiş qiyin bölsa-da, taşxisni ertaroq qöyiş va töğri davolaş bilan jarayonni sekinlaştiriş, mavjud soçlarni saqlab qoliş mumkin. Şuning uçun dastlabki belgilar sezilganidayoq mutaxassisga murojaat qiliş muhim hisoblanadi.
Stress yoki kasallikdan keyingi soç tökilişi (telogen effluvium):









