Bugun, 21 iyun kuni Oliy Majlisining 20-yalpi majlisida çiqiş qilgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev senatorlarga murojaat qildi.
«Har kuni ötirib, yarim soat vaqt ajratib, kimligingizni hisob-kitob qiling. Galstukni yeçib, köksingizdagi znaçokni bir çekkaga qöyib, viloyatlarga çiqing. Har oyda heç bölmasa, bitta tumanni namunali qilib beringlar. Işlaş kerak bölgan sohalar köp. Parlament özgartirsin vaziyatni.
Şunçaki qarsak çalib, ovoz berib ötirişlaring menga ma'qul emas. Mustaqil bölganimizning dastlabki vaqtida Parlamentda bahslar bölardi, bitta taklif uçun olib borib, olib kelardi. Hozir esa sukunat. Taklif beringlar.
3-4 oyda emas, kerak bölsa, har oyda yiğilib, ijro faoliyatini nazorat qiliş kerak. Qarorlar çiqyapti, lekin ularning ijrosini nazorat qiliş kerak.
Senatning vazifasi faqatgina islohotlarni qöllaş emas, ularning ijrosiga ham aralaşiş kerak. Har bir senator öylasin - «men qaysi qonunni nazorat qildim», deb», deya Prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, davlat rahbari senatorlarni mahalliy budjetlarni töldiriş haqida boş qotirişga çaqirgan.
«Moliya vazirligi bilan kengaşmayapti senat. Mahalliy budjetlar masalasi muammo bölib qolyapti. Misol uçun, Toşkent viloyatiga 1,5 mlrd dollar kerak rivojlantiriş uçun. Bu birgina viloyat. Qani, korxonalar bormi pul olib keladigan? Men pulni qayerdan olaman? Parlament ham boş qotirsin mablağni qayerdan topiş kerakligi haqida.
Ijro organidagilar senatni yomon körişi kerak, vazirlarni çaqiringlar, joniga teginglar talab qilib», degan prezident.












