Gruziya parlamenti spikeri Irakliy Kobaxidze öz lavozimini tark etdi. Bu haqda hukumatdagi «Gruziya orzusi — Demokratik Gruziya» partiyasi boş kotibi, Tbilisi şahri meri Kaxa Kaladze ma'lum qildi.
Kobaxidzening iste'fosi — Tbilisida 20 iyun kuni boşlangan namoyiş iştirokçilari qöyayotgan talablardan biri edi. Ommaviy aksiya iştirokçilari Içki işlar vaziri va Xavfsizlik xizmati rahbari iste'fosini ham talab qilişmoqda.
Parlament binosi oldidagi namoyişlar parlamentda Rossiya Davlat dumasi deputati Sergey Gavrilovning çiqiş qilişi ortidan boşlanib ketdi. Gavrilov spiker örindiğida ötirib rus tilida çiqiş qilgani muxolifatdagi partiyalar vakillari tomonidan norozilik bilan qarşi olindi va ular Tbilisi ahlini namoyişlarga çaqirdi.
Politsiya Tbilisidagi namoyişçilarni tarqatiş uçun közdan yoş oqizuvçi gaz, rezina öqlar va vodomyot qölladi. Töqnaşuvlar vaqtida jami 240 kişi jarohatlangan, şundan 80 nafari politsiyaçilar. Ötgan vaqt mobaynida namoyiş iştirokçilarining 100 nafaridan ortiği qölga olingan.
Muxolifat 21 iyun kuni keçqurun yangi namoyişlar ötkazilişini e'lon qilgan.













