Gurjistonda 5-avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:15 atrofida ommaviy elektr ta’minotida uziliş yuz berdi. Gurjiston Birinçi kanali ma’lumotiga köra, Tbilisi şahri hamda mamlakatning aksariyat hududlari elektr energiyasiz qolgan.
Elektr ta’minotidagi uziliş oqibatida Gurjiston temiryöllari poyezdlari harakati vaqtinça töxtatildi.
Guvohlarning ma’lum qilişiça, Tbilisida dökonlar, restoranlar va metroda elektr öçgan. Şundan söng köplab kafe va savdo şoxobçalari işni davom ettiriş uçun generatorlardan foydalanişga ötgan.
Tbilisi Life Telegram-kanali Gurjiston Energetika va suv ta’minotini tartibga soliş milliy komissiyasi a’zosi Georgiy Panganiga tayanib xabar berişiça, hodisa Inguri GES agregatlarida ötkazilayotgan rejali sinovlar bilan boğliq bölişi mumkin.
Uning sözlariga köra, sinovlardan maqsad 24–25-iyul kunlari kuzatilgan avariyalardan keyin energetika tizimidagi zaif nuqtalarni aniqlaş va baholaşdan iborat bölgan. Ayni paytda yuz bergan nosozlikning aniq sabablarini aniqlaş böyiça batafsil tahlil olib borilmoqda.
Bu Gurjistonda sönggi ikki hafta içida qayd etilgan uçinçi yirik blekaut hisoblanadi. Avvalroq, 25-iyul kuni Tbilisida metro harakati töxtab, suv ta’minoti va internet xizmatlarida ham uzilişlar kuzatilgan edi. 24-iyul kuni esa Tbilisi bilan bir qatorda Batumi, Kutaisi, Telavi, Borjomi, Bakuriani va Zugdidi şaharlari ham elektr ta’minotisiz qolgan.

















