Biz turli vitaminlarga juda köp miqdorda pul sarflaymiz, immunitet va organizm faoliyatini yaxşilaş yöllarini izlaymiz. Ona tabiat ana şu maqsadlarda foydalaniş uçun taqdim etgan narsalarni esa sezmaymiz. Asal – asalariçilikdagi ğaroyib mahsulot. U turli kasalliklar profilaktikasi va davosi uçun xizmat qiladi. Bundan taşqari, şirinlikni diabet kasalligiga çalingan kişilar ham iste'mol qilişlari mumkin.

Foto: Pexels

Bugun «Tak Prosto!» tahririyati har kuni asal iste'mol qilsangiz, siz bilan sodir böladigan 8 ta narsa haqida hikoya qiladi. Faqat asalni asalariçilik bilan şuğullanadigan mutaxassisdan xarid qiling. Ana öşanda uning haqiqiyligiga işonç hosil qilişingiz mumkin.

Organizm uçun foydasi

Toza teri

Asal – juda kuçli antioksidant. U terining erta qarişi, husnbuzarlarni çaqiruvçi zaharli moddalarni organizmdan çiqarib taşlaydi. Asalni iste'mol qilişdan taşqari, u bilan turli niqoblar ham qiliş mumkin. Yuz mayin va çiroyli körinişga ega böladi.

Oziş

Ma'lumki, ortiqça vazn taşlaşni istagan kişilar şirinlik iste'mol qilişi kerak emas. Biroq asalga nafaqat ruxsat berilgan, balki uni tavsiya ham qilişadi. U metabolizmni yaxşilaydi, şu sababli ortiqça vazn tezroq ketadi.

Foto: Pexels

Xolesterin darajasini normallaştiriş

Qiziği şundaki, asal tarkibida xolesterin mavjud emas. Biroq unda organizmdagi xolesterin darajasini kamaytirişga hissa qöşadigan mikroelementlar mavjud. Yuqorida aytib ötilganidek, asalni har kuni iste'mol qiliş organizmdagi antioksidantli birikmalarga ijobiy ta'sir körsatadi. Ular esa, öz navbatida, xolesterinning yuqori darajasiga qarşi kuraşadi.

Soğlom tomirlar

Asalni har kuni iste'mol qiliş yoş ötişi bilan deyarli hamma odamlarda paydo böladigan yurak qon-tomir kasalliklarining oldini oladi. Tibbiyot xodimlari tomonidan ötkazilgan tadqiqotlar asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar qisqarişi va tromblar hosil bölişining oldini olişini körsatgan.

Xotiraning yaxşiligi

Har kuni asal iste'mol qilgan kişilarning xotirasi yaxşiroq bölişi isbotlangan. Şuningdek, ularda keksalikdagi skleroz ehtimoli ham nolga teng böladi. Bundan taşqari, asal tarkibidagi kalsiy miya tomonidan yaxşi özlaştiriladi, bu esa uning faoliyatiga ijobiy ta'sir körsatadi.

Soğlom uyqu

Tiniqib uxlaş – ruhiy salomatlik va gözallik garovi. Asal seratonin işlab çiqarilişiga hissa qöşadi, uni organizm tezda uxlab qoliş gormoni – melatoninga aylantiradi. Şunday ekan, uyqu oldidan iste'mol qilingan bir qoşiq asal bilan yaxşi hordiq kafolatlanadi.

Oşqozon-içak faoliyatining normallaşuvi

Ovqat hazm qilişni yaxşilaş uçun nahorga bir qoşiq asal yeyiş tavsiya etiladi. Bunday oddiy qoida oşqozon-içak kasalliklari paydo bölişini bartaraf etişda yordam beradi. Bundan taşqari, oşqozonga boriş yölida asal bakteriyalarni yöq qiladi, şuningdek, oşqozonning şilliq pöstidagi yaralarni tuzatadi.

Foto: Pexels

Antidepressant

Uşbu mahsulot tarkibidagi glyukoza neyronlar uçun zarur. U qonga tezda singib, tinçlaniş, tirişişning kamayişi va psixologik buzilişlarning kamayişiga hissa qöşadi.

Tahririyatning maslahati

Ertalab bir çoy qoşiq asalni oçqoringa va yana bir çoy qoşiqni esa uyqudan oldin iste'mol qiling. Uni çoyga solinadigan şakar örnida ham qöllaş mumkin. Biroq uni içimlikka qöşmang, bor-yöği iste'mol qiling. Axir 60 daraja issiqdan yuqori harorat asaldagi foydali xususiyatlarni yöq qiladi. Şuningdek, asalga sarimsoqpiyoz qöşiş orqali uning viruslarga qarşi xususiyatini ham bir neça martaga oşirişingiz mumkin. Bunday möjizaviy vositani tayyorlaş uçun 500 ml asalga oldindan maydalab olingan 3-4 ta kiçik sarimsoqpiyoz boşçalarini qöşing.