Xitoy xalq respublikasi raisi Si Tszinpin davlat taşrifi bilan Şimoliy Koreyaga bordi. Xitoy davlat rahbarlari 14 yildan buyon Şimoliy Koreyada bölişmagandi. 2012 yil hukumat tepasiga kelgan Si Tszinpin Koreya yarimorolining şimoliy qismiga ilk marta taşrif buyurdi. Nega bu taşrif aynan hozir amalga oşmoqda?

Kim Çen In va Si Tszinpin birinçi marta uçraşayotgani yöq. Ular bungaça 4 marta yuzma-yuz muzokaralar ötkazişgan, lekin Şimoliy Koreyada emas. Xitoy xalqaro sanksiyalardan sillasi qurigan Şimoliy Koreyaning asosiy savdo hamkori ekani bu taşrifning aslida noodatiy holat emasligini körsatadi. Ammo 14 yildan buyon Xitoy rahbarining KXDRga ilk marta borişi çindan e'tiborga molik voqea.

Taşrif aynan hozir amalga oşayotgani ham bejiz emas. Bir haftadan söng Yaponiyada «Katta 20talik» davlatlari yiğilişi boşlanadi. Unda Xitoy yetakçisi amerikalik hamkasbi va «dösti» Donald Tramp bilan uçraşadi. Uçraşuv vaqtida Tramp Xitoyning yaxşi hamkori hisoblangan KXDR yetakçisi bilan öxşamagan muzokaralari haqida gapirişi haqiqatga yaqin. Şu bois rais (ya'ni Xitoy yetakçisi) Kim Çen Indan Tramp bilan muzokaralar çoğida nimalar bölganini şaxsan sörab olişi mumkin.

2019 yil fevral oyida Kim Çen In va Donald Tramp Vetnamda Koreya yarimorolini yadrodan xoli hududga aylantiriş borasida muzokara ötkazişgan va oxir-oqibat heç qanday kelişuvga erişa olişmagandi. Şundan buyon ikki tomon ham jimib ketdi. AQŞ tomonining ta'kidlaşiça, muzokaralar janob Kim Çen Inning injiqligi bois «boşi berk köçaga kirib qolgan».

Xitoy yetakçisining Şimoliy Koreyaga taşrifi şu haftada aniq bölgani uning favqulodda xarakterda ekanini anglatmaydi. Çunki Xitoy - KXDR munosabatlarining 70 yilligi yaqinlaşmoqda va bu uçraşuv kutilgan ekanini körsatadi.

Xitoy KXDR bilan iqtisodiy aloqalar yaxşilanişini xohlaydi. Şimolliklarning yadro dasturiga zör bergani ikki mamlakatning aloqalariga salbiy ta'sir qilgandi. Xitoy yetakçisi KXDRni yadro dasturidan voz keçişga yana bir bor undab köradi.

China Daily naşri ikki davlat yetakçilari nafaqat «dildan suhbat quriş» uçun, balki konkret hamkorlik borasida kelişuvlar imzolaş uçun uçraşgani haqida yozdi.

Bu taşrif Kim Çen In uçun AQŞga «Körib qöyinglar, Xitoy biz bilan», deyiş uçun ham ayni muddao. Esingizda bölsa, janob Kim yaqinda Rossiyaga borgan va bu ham qaysidir ma'noda okean ortidagilarga «qöl siltab qöyiş» bölgandi.

Xitoy Şimoliy Koreyaning asosiy eksport tovarlarini xarid qiladi. Iqtisodi haminqadar bölgan KXDR Xitoyga qazilma boyliklari, töqimaçilik mahsulotlari va baliq eksport qiladi. Yetmaganiga minglab şimoliy koreyaliklar Xitoyda mehnat qiladi.

Xitoy KXDRdan boşqa xöjalik mahsulotlarini ham import qilardi, lekin sanksiyalar sabab bu tovarlar savdosi töxtab qolgan. Xitoy sanksiyalarni yengillaştiriş uçun har qança harakat qilmasin foyda bölmayapti. Xitoydek iqtisodiy derjava uçun Şimoliy Koreya bilan savdo aloqalarining butkul uzilişi halokatli bölmasligi aniq, biroq Xitoy «bir kun foydasi tegişi»ni inobatga olib qöşnisi bilan aloqalarni uzmaydi. Xitoy Şimoliy Koreyadan AQŞga bosim ötkaziş uçun foydalanadi, deydiganlar ham topiladi.