Şu yilning 22 fevralida Özbekiston Vazirlar Mahkamasi umumiy örta ta'lim muassasalari va akademik litseylarning iqtidorli bitiruvçilarini oltin va kumuş medallar bilan taqdirlaş tartibi töğrisida nizomni tasdiqlagan edi.
Nizom umumiy örta ta'lim muassasalari, şu jumladan, ixtisoslaştirilgan maktablar, ixtisoslaştirilgan san'at va madaniyat maktab-internatlar, sport yönalişidagi ixtisoslaştirilgan maktab-internatlar hamda akademik litseylarning iqtidorli bitiruvçilarini oltin va kumuş medallar bilan taqdirlaş tartibini belgilab bergan edi.
Bugungi kunda Özbekistondagi umumiy örta ta'lim va akademik litseylarda neça nafar bitiruvçi oltin va kumuş medal bilan taqdirlandi? Kun.uz muxbiri Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmatiga ayni savol bilan murojaat qildi.
Ma'lum qilinişiça, Özbekistonda umumiy maktablar soni: 9691tani taşkil etib, şundan: boşlanğiç maktab - 16ta; ön bir yillik maktab 9584tani taşkil etadi.
2018/2019 öquv yili 11-sinfini bitiruvçilar soni 279788 öquvçidir.
Respublika böyiça oltin medal bilan bitirgan öquvçilar soni 2555 bitiruvçini taşkil etsa, kumuş medal olganlar 2502 öquvçidir. Jami medallar soni 5057tadan iborat. Bu raqam hududlar kesimida quyidagiça taqsimlandi:

Eslatib ötamiz, oltin medal umumiy örta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi a'lo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, umumiy örta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida barça fanlar böyiça yakuniy nazoratlar, çorak va yillik baholari a'lo bölgan yoki akademik litseylarning barça kurslarida barça fanlar böyiça yakuniy nazoratlar, yarim yillik va yillik baholari a'lo bölgan, namunali xulq-atvorli va jamoat işlarida faollik körsatgan bitiruvçilarga beriladi.
Kumuş medal umumiy örta ta'lim muassasalarining 9-sinfini bitirganlik töğrisidagi a'lo darajali şahodatnomasi mavjud bölgan, umumiy örta ta'lim muassasalarining 10- va 11-sinflarida yoki akademik litseylarning barça kurslarida barça fanlar böyiça yillik baholari a'lo bölgan, namunali xulq-atvorli va jamoat işlarida faollik körsatgan bitiruvçilarga beriladi.
Şu bilan birga, alohida qayd etiş lozim, oltin va kumuş medal sohiblari oliy ta'lim muassasalarida tahsilni davom ettiriş uçun hujjat topşirsa, ularga kiriş imtihonlarda heç qanday imtiyoz berilmaydi.












