Xitoyning Guiyang şahrida World Boxing taşkiloti kubogi bahslarining ikkinçi bosqiçi bölib ötdi. Musobaqada 40 davlatdan 177 nafar erkaklar va 123 nafar ayollar ğoliblik uçun bahs olib bordi. 

Unda Özbekiston erkaklar terma jamoasi töliq tarkibda - 10 vazn toifasida, ayollar jamoasi esa 9 vazn toifasida iştirok etdi hamda 4 ta oltin, 3 ta kumuş va 4 ta bronza medallarini qölga kiritdi.

Final bosqiçiga Özbekiston terma jamoasi eng köp – 7 nafar boksçi bilan yetib keldi. 

-57 kg vazn toifasida Nigina Öktamova hindistonlik Praçiga qarşi ringga kötarildi. Yakunda 5:0 hisobida ğalaba qozongan Nigina Jahon kubogi oltin medalini qölga kiritdi.

60 kg vaznda Abdumalik Halokov braziliyalik Luiz Gabriyelga qarşi ringga çiqdi va 5:0 hisobida zafar ğalaba qozondi. 

-80 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev braziliyalik Vanderley Pereyrani 3:2 hisobida yengdi.

-90 kg vaznda Törabek Habibullayev angliyalik Isaak Okoxga qarşi ringga kötarilişi kerak edi. Raqibi jarohat olganligi sababli jang qila olmasligini bildirdi va Törabek ğolib deb e’lon qilindi.

-48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova, -50 kg vazn toifasida Asilbek Jalilov, 80 kg vazn toifasida Oltinoy Sotimboyeva kumuş medalni qölga kiritdi.

Yarim finalda mağlub bölgan Arman Maxanov, Akmaljon Isroilov, Aziza Zokirova hamda Sitora Turdibekova musobaqani bronza medali bilan yakunladilar.

Turnirning uçinçi final bosqiçi noyabr oyida Toşkentda bölib ötadi.