Abdulloh Razzoqov hamda Islombek Örolov AQŞning Nyu-York şahrida ötkazilgan NEO Science olimpiadasida biologiya va matematika fanlari böyiça yuqori natijalarni qayd etib, oltin medalni qölga kiritdi. Finalgaça 10 mingdan ortiq nomzod orasidan saralangan yoş iqtidor egalari yakuniy bosqiçda 32 davlatdan kelgan 600 nafardan ortiq iştirokçi bilan kuç sinaşdi va yakunda ğoliblar safidan örin oldi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda yigitlar olimpiada qanday bölgani va tayyorgarlik jarayonlari haqida gapirib berdi.

NEO Science olimpiadasining dastlabki bosqiçi dekabr oyida onlayn şaklda ötkazilgan. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan 10 mingdan ortiq öquvçi qatnaşgan. Saralaşning keyingi bosqiçlarida iştirokçilar soni qisqargan. Yakuniy, yaʼni Grand Final bosqiçi esa Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida taşkil etilgan.

9-11-sinf öquvçilari matematika, fizika, kimyo va biologiya yönalişlarida, 3–8-sinf öquvçilari esa matematika va tabiiy fanlar böyiça bellaşgan. Özbekiston nomidan finalda jami törtta maktabdan 25 nafardan ortiq öquvçi iştirok etgan.

Matematika yönalişida mamlakat şarafini himoya qilgan “Millat Umidi” maktabi öquvçisi Islombek Örolovning aytişiça, olimpiada finalida 40 ta savol taqdim etilgan. Baholaşda töğri javob uçun ball berilgan, xato javob uçun esa ball ayirilgan. Şu sababli u işonçi komil bölmagan savollarga taxminiy javob belgilaşdan köra, ularni javobsiz qoldirişni afzal körgan.

“Oltin medal olişni kutmagandim. Ismimni ekranda çiqarişganda boşida işonmadim. Çunki mendan köproq mehnat qilgan va yaxşiroq tayyorgarlik körgan öquvçilar bor deb öylagandim. Sahnaga çiqib, medalni qölimga olganimdagina uşbu yutuq real ekanini angladim. Öşa paytda şu kungaça qilgan barça tayyorgarliklarim va sarflagan vaqtlarim köz oldimdan ötdi. Bu medal men uçun şunçaki ğalaba emas, harakatlarimning munosib natijasi böldi”, – deydi u.

Öquvçilarning aytişiça, NEO Science olimpiadasida qatnaşiş ğoyasi ularga “Millat Umidi” maktabidagi ustozlari tomonidan berilgan. Pedagoglar bolalarga matematika va biologiya fanlaridan xalqaro tanlovda öz bilimlarini sinab körişni tavsiya qilgan. Şundan söng bolalar bir neça oy davomida darsdan taşqari maşğulotlarda tayyorgarlik körgan.

“Ayrim masalalar ustida uzoq vaqt işlaşimizga töğri kelardi. Javobni topişning özi yetarli emas, nima uçun aynan şunday yeçimga töxtaganimizni tuşunişga harakat qildik. Birinçi bosqiçdan keyin özimizga bölgan işonçimiz ham oşdi. Grand Final’ga yöllanma olganimizda esa tayyorgarligimizni xalqaro darajada sinab köriş imkoniyati paydo bölganini his etdik. Eng muhimi, olimpiada menga qiyin topşiriqdan qörqmaslik va javob aniq bölmagunça izlanişda davom etişni örgatdi”, – deydi Abdulloh Razzoqov.

Ikki öquvçining NEO Science olimpiadasidagi natijasi ularning xalqaro tanlovlardagi ilk yutuği emas. Islombek bundan avval SEAMO (Southeast Asian Mathematical Olympiad), German Math Olympiad , SASMO (Singapore and Asian Schools Math Olympiad) kabi xalqaro olimpiadalarda qatnaşib, bronza va kumuş medallarini qölga kiritgan.

Abdulloh esa ilmiy izlanişlarga ham qiziqadi. U ustozlari bilan hamkorlikda turli mavzularda maqolalar tayyorlagan. Jumladan, Daun sindromi bilan yaşayotgan bolalar va ular duç kelayotgan muammolarga bağişlangan materiallar ustida işlagan. Öquvçining aytişiça, uning ayrim ilmiy işlari AQŞ va Buyuk Britaniyadagi nufuzli jurnallarda çop etilgan.

Islombek Örolov hozir AQŞ va Germaniyadagi nufuzli universitetlarga hujjat topşiriş uçun portfoliosini şakllantirmoqda. U IELTS imtihonidan 7.0, SAT’dan esa 1410 ball olgan. Uning kelajakdagi rejalari biznes bilan boğliq. Abdulloh Razzoqov Germaniyada tibbiyot böyiça taʼlim olib, keyinçalik Özbekistonga qaytiş va xalqaro standartlarga javob beradigan klinikalar taşkil etişni maqsad qilgan.

Yoş iqtidor egalari bilan intervyuni töliq holda Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida tomoşa qilişingiz mumkin.