Umumiy örta ta'lim muassasalarida öquv yili yakunlanib, öquvçilarning tabiat qöynidagi statsionar va kunduzgi bolalar oromgohlarida yozgi ta'tili boşlandi.
Bu borada bolalarning hordiq çiqarişi uçun qulay şaroit yaratiş bilan birga, oromgohlarda favqulodda vaziyatlarning oldini oliş, şu jumladan, yonğin xavfsizligini ta'minlaş muhim ahamiyatga ega.



Şu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar va Içki işlar vazirligining sohaviy xizmat xodimlari tomonidan oromgohlarda xavfsizlik, jumladan, yonğin xavfsizligini ta'minlaş böyiça qator işlar amalga oşirilmoqda.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBBning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, hozirda oromgohlarda xavfsizlik talablariga rioya etilişi, bolalarning favqulodda vaziyatlarda töğri harakat qilişi, oromgoh hududi va xonalarida yonğinga qarşi rejim saqlanayotganligini hamda mustahkam qöriqlanişini ta'minlaş maqsadida tunu-kun navbatçilik taşkil qilingan.




Şuningdek, mavsum davrida bolalarni soğlomlaştiriş va dam oldiriş böyiça Favqulodda vaziyatlar va Içki işlar vazirligi markaziy apparati xodimlari tomonidan doimiy ravişda barça oromgohlarning xavfsizlik holati va bolalar uçun yaratilgan şaroitlar örganilib boriladi, deyiladi xabarda.











