Yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarning yozgi ta’til davrini mazmunli taşkil etiş, ularning soğligini mustahkamlaş hamda ijtimoiylaşuvini qöllab-quvvatlaş maqsadida yangi ijtimoiy loyiha yölga qöyildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasi hamkorligida yölga qöyilgan loyiha doirasida barça hududlardan 7-14 yoşli jami 1 295 nafar yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bola kasaba uyuşmalari tizimidagi oromgohlarda 12 kun davomida dam oladi.
Loyiha iştirokçilari uçun yöllanmalar va dam oliş bilan boğliq barça xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan töliq qoplab berilmoqda.
Loyihaning birinçi bosqiçi doirasida 1062 nafar bola oromgohlarga yuborilib, soğlomlaştiriş tadbirlari boşlandi.













