Bugun, 5-avgust kuni Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi tomonidan Bektemir tumanida joylaşgan «Qöyliq» dehqon bozori faoliyati qisman çeklandi.
Qayd etilişiça, bunga yonğin xavfsizligi talablarining qator buzilişlari aniqlangani sabab bölgan.
“Bozor elektr ta’minotidan qisman uzildi. Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, aniqlangan kamçiliklar yonğin kelib çiqişi hamda fuqarolar hayoti, soğliği va mol-mulkiga xavf tuğdirişi mumkin”, deyiladi Toşkent şahar FVBB xabarida.
Ma’lum qilinişiça, aniqlangan kamçiliklar töliq bartaraf etilgaç, bozor faoliyati qayta tiklanadi.












