Bugun, 23 iyun kuni Toşkent şahri hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Qöyliq bozoriga taşrif buyurdi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar qildi.

Taşrif davomida şahar hokimi oziq-ovqat narxlari bilan tanişgan, şuningdek, bozor hududida tartib va tozalikka qay darajada rioya etilişini kuzatgan.

«Hokim mahsulotlar assortimentlarini közdan keçirdi, şuningdek narxlar bilan qiziqdi. U bozor hududidagi holatga va obodonlaştiriş işlariga ham e'tibor qaratdi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ortiqxöjayev bozorda sotuvçilar va xaridorlar bilan suhbatlaşgan.

Qöyliq bozoriga taşrifidan keyin hokim Çorsu bozorida ham bölgan.













