Toşkent şahar Transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatga javoban maʼlum qildi. Unda Nazarbekda jamoat transporti yetişmasligi, avtobuslarni uzoq kutişga töğri kelayotgani aytilgan va poytaxtga qatnovlarni köpaytiriş söralgan.
Boşqarma maʼlumotiga köra, «Keles Renesans» MÇJ Xitoyning Zhongtong kompaniyasi işlab çiqaradigan 54 ta yangi avtobusni xarid qiliş böyiça şartnoma imzolagan. Dastlabki tölovlar ham amalga oşirilgan.
Avtobuslarni Toşkent viloyatining Toşkent va Zangiota tumanlarini poytaxt bilan boğlovçi quyidagi yangi yönalişlarga biriktiriş közda tutilgan:
- 162-sonli: «Quşqöndi mahallasi - Çorsu savdo markazi»;
- 163-sonli: «Töqimaçilar mahallasi - Çorsu savdo markazi»;
- 167-sonli: «Toşkent jamoa xöjaligi - Çorsu savdo markazi».
Yönalişlar brutto-şartnoma asosida taşkil etilişi rejalaştirilmoqda. Xususan, 163-sonli avtobus Töqimaçilar mahallasi, Nazarbek va Tarnov hududlari, Şifobaxş suvlar hamda Beruniy köçalari orqali harakatlanişi közda tutilgan.
Boşqarma yangi qatnovlar avtobus kutiş vaqtini qisqartirişi va amaldagi yönalişlardagi yölovçilar yuklamasini kamaytirişini kutmoqda. Biroq yönalişlarning işga tuşiş sanasi hozirça aniq körsatilmagan: noyabr oxirigaça bölgan muddat avtobuslarning yetib kelişiga taalluqli.
Hozirda Zangiota tumanini Toşkent şahri bilan boğlovçi 15 ta avtobus yönalişi brutto-şartnoma asosida işlamoqda.
Jumladan, 134-sonli «Boğişamol mahallasi - Çilonzor metrosi» yönalişida 11 ta katta siğimli Yutong gaz avtobusi xizmat körsatadi. Boşqarma keltirgan maʼlumotga köra, ular kuniga 134 ta qatnovni amalga oşiradi, örtaça harakat oraliği 13 daqiqani taşkil etadi.
135-sonli yönalişda esa töqqizta SAZ LE-60 avtobusi kuniga 119 ta qatnovni bajaradi. Ularning harakat oraliği 14 daqiqa deb körsatilgan.
Şuningdek, aholiga 1253-sonli «Töqimaçilar-15 - Çilonzor metrosi» va 1254-sonli «Töqimaçilar-15 - Çorsu savdo markazi» yönalişli taksilari ham xizmat körsatmoqda.

















