Toşkentdagi bir qator bozor va savdo komplekslari ommaviy sotuvga çiqariladi. Bu 27-iyulda imzolagan «Toşkent şahrini 2026−2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qarorida belgilangan.

Qarorga ilova qilingan röyxatdan «Aviasozlar», «Qoraqamiş», «Qöyliq», «Navröz», «Sergeli», «Farhod» dehqon bozorlari, «Bek töpi» va «Örikzor» savdo komplekslari bor. Umuman olganda, Navröz bozorining 7 ta, Sergeli bozorining 6 ta, Qoraqamiş bozorining 5 ta filiali va Yunusobod bozorining 2 ta şoxobçasi ham auksionga çiqariladi.

Mazkur ob’yektlarni sotuvga tayyorlaş va savdolarni taşkil etişda «Toşkent invest kompaniyasi» buyurtmaçi sifatida iştirok etadi. Kompaniya har bir ob’yekt böyiça tayyor biznes loyihasini işlab çiqadi va şu asosda aktivlar savdoga qöyiladi. Bunda köçmas mulk utilizatsiya qiymati böyiça, yer uçastkalari esa yer soliği stavkasining eng yuqori pasaytiruvçi koeffitsiyenti qöllanilgan holda baholanadi.

Sotuvga qöyiladigan bozor va savdo komplekslari örnida zamonaviy ekobozorlar, savdo va xizmat körsatiş markazlari, köngiloçar majmualar hamda köp qavatli avtoturargohlar taşkil etiş şarti belgilangan.