Toşkent şahrida elektrobus orqaga harakatlanayotgan vaqtda odam urib yubordi.

“Toşşahartransxizmat” ma’lumotiga köra, hodisa 6 iyun kuni soat 13:40 larda, “Qöyliq dehqon bozori” avtoşohbekatida röy bergan.

45-yönalişda qatnovçi Yutong rusumli elektrobus orqaga harakatlanayotgan paytda, 1991 yilda tuğilgan piyoda A.K.ni bosib ketgan. Oqibatda ayol voqea joyida vafot etgan.

Avtobusni 1994 yilda tuğilgan haydovçi Ş.N. boşqargan, uning umumiy mehnat faoliyati – 7 yil.

YTH içki işlar xodimlari tomonidan rasmiylaştirilgan.

“Toşşahartransxizmat” baxtsiz hodisa munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga çuqur ta’ziya izhor qildi.