Hindistonning Rajaston ştatida çodir qulaşi oqibatida kamida 14 kişi halok böldi, 24 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar oldi. Bu haqda India Today naşri xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, voqea Barmer okrugida ommaviy tadbir vaqtida yuz bergan.
Guvohlarning ta'kidlaşiça, hududni qamrab olgan hamda kuçli şamol va yomğirlar bilan keçgan qum böroni çodir karkasi qulaşiga olib kelgan. Buning natijasida köpçilik odamlar çodirning turli qismlari ostida qolgan.
Barça jabrlanuvçilar yaqin oradagi şifoxonalarga yetkazilib, ularga tegişli yordam körsatilgan.
Politsiya voqea yuzasidan tergov boşlagan.












