23 iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi sohasidagi taşkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan bölib ötgan uçraşuvlarda Taşkilotning Yevropa uçun 32-hududiy konferensiyasi Özbekistonda ötkazilişiga doir taşabbus FAO hamda Yevropa va Osiyoning 51ta mamlakati Qişloq xöjaligi vazirlari tomonidan qöllab-quvvatlandi. Bu haqda Özbekiston qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur hududiy konferensiya 2020 yilning 5—7 may kunlari Özbekistonda, Markaziy Osiyo davlatlarida orasida ilk marotaba ötkaziladi. FAÖning strategik maqsadlari oçlikka qarşi kuraş, qişloq xöjaligi, örmonçilik va baliqçilikning hosildorlik va barqarorligini oşiriş, qişloq hududlarida qaşşoqlikni kamaytirişga hissa qöşişdir.
Ayni paytda Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri Jamşid Xöjayev boşçiligidagi delegatsiya turli mamlakatlar, jumladan, Xitoy, Misr, Janubiy Koreya, Ukraina, Qozoğiston, AQŞ, Çili singari mamlakatlar qişloq xöjaligi vazirlari va boşqa rasmiy doira vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
Konferensiya doirasidagi uçraşuvlarda FAÖning Özbekistondagi yangi loyihalarini amalga oşirişga kelişib olinmoqda.












