Milliy yuk taşuvçilarning raqobatbardoşligini, ularning tizimdagi uluşini oşiriş Transport vazirligining yuk taşiş masalasidagi hal qilinişi kerak bölgan işlaridan biridir. Bu haqida Transport vazirligi mas'ullari iştirokida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötgan brifingda söz bordi.

«Bevosita mavzuga aloqador bölgani uçun aytiş joizki, bugun yöl sifati böyiça fuqarolardan juda köp şikoyatlar tuşyapti. E'tirozlarning bitta sababi işlab çiqarilayotgan yuk taşuvçi maşinalarning hajmi ortib boryapti, biroq qurilayotgan yöllarimiz bunday vaznga moslaşmagan», deya Transport vazirining birinçi örinbosari Ilhom Mahkamovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uning sözlariga köra, bu masalaning yeçimi sifatida transport vositalarining oğirlik va gabarit parametrlarini aniqlaş uçun avtomatlaştirilgan oğirlik va gabarit statsionar va köçma şoxobçalarini taşkil etiş çoralari körilmoqda.

«Yöl qurilişini amalga oşirişda öziga xos metodlar ham muhim hisoblanadi. Masalan, bugungi kunni oladigan, bölsak, 24 soatda 2 xil temperaturani kuzatiş mumkin. Yarim tun va kunduzning örtasida 10-15 daraja farq bor. Qiş oylarida esa kunduzi plyus, keçasi minus temperatura kuzatiladi. Bularning hammasiga mos ilmiy yondaşuv bilan iqlimi öxşaş davlatlar, masalan, Janubiy Koreya yoki qöşni mamlakatlar tajribasidan foydalanib, me'yoriy standartlarimizni işlab çiqişimiz zarur», deya qurilişning nazariy tomonlari haqida ham ma'lumot berdi Ilhom Mahkamov.

Şuningdek, uning fikriça, davlat budjeti ajratgan pullar bilan avtomobil yöllarini butunlay quriş yoki ta'mirlaşning iloji yöq. Bu borada ham xalqaro moliya institutlarining mablaği zarur.