Transport vazirligi Rossiyaning Moskva şahridan Toşkentga avtobusda qaytişni rejalaştirgan yölovçilarni firibgarlarlik holatlaridan ogohlantirdi.

Vazirlikka köra, sönggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Moskva şahridan Toşkentga «Uzautotrans Service» kompaniyasining avtobus qatnovlari orqali qaytiş istagida bölgan yölovçilar firibgarlarning aldoviga uçrayotgani bilan boğliq holatlar kuzatilmoqda.

Taʼkidlanişiça, firibgarlar ijtimoiy tarmoqlar hamda YouTube kanallarida «Uzautotrans Service» kompaniyasi avtobuslarining foto va video tasvirlaridan foydalanib, qatnovlar töğrisidagi eʼlonlarni joylaştirmoqda. Ular yölovçilarga davlat tomonidan taşkil etilgan «Uzautotrans Service» kompaniyasi avtobuslarida Toşkentga jönatişini aytişadi. Söngra göyoki kassalarda çipta qolmagani va çiptalarni töğridan töğri özlaridan xarid qilişlari lozimligini aytib, aslida belgilangan narxdan bir neça barobar qimmatga çipta taqdim etişadi.

“Eng açinarlisi, bir neça barobar qimmatga çipta sotib olgan yölovçilar noqonuniy faoliyat yurituvçi avtobuslarga çiqarib yuborilmoqda”, deyiladi vazirlik xabarida.

Maʼlumot berilişiça, «Uzautotrans Service» kompaniyasi qatnovlarni Moskva şahridagi «Novoyasenevskaya» hamda «Kotelniki» avtostansiyalaridan «Toşkent» avtovokzaliga duşanba va payşanba kunlari amalga oşiradi. Çiptalarni mazkur avtostansiyalarning kassalaridan, ularga tegişli mobil ilova va saytlar orqali onlayn tarzda xarid qiliş mumkin.