Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Yöl-patrul xizmati xodimlarining yöl harakati qatnaşçilari bilan özaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanişi tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida» 2018 yil 1 dekabrdagi 975-son qaroriga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qarori loyihasida YPX xodimlari bilan özaro munosabat qayd qilingan ma'lumotlarni internetga ruxsatsiz yuklaşni taqiqlaş taklif etilgan.
Qaror loyihasida «özaro munosabatini öziga tegişli audio, foto va video qurilmaga qayd qilgan yöl harakati qatnaşçilariga uşbu ma'lumotlarni Internet jahon axborot tarmoğiga özining ruxsatisiz tarqatişi mumkin emasligini tuşuntiriş» va «öziga tegişli audio, foto va video qurilmaga YPX xodimi bilan özaro munosabati qayd qilingan ma'lumotlarni Internet jahon axborot tarmoğiga ruxsatsiz joylaştirmaslik» kabi jumlalar bilan töldiriş taklif etilgan.
Qayd etiş kerakki, internetda YPX xodimi huquqbuzarligi aks etgan köplab videolar tarqatilgan bölib, sönggi paytda huquq-tartibot organlari bunga tegişli munosabat bildirib kelayotgandi.
Vazirlar Mahkamasining ayni qaror loyihasida YPX xodimi bilan özaro munosabatlar qayd etilgan video/ma'lumotlarni internetda e'lon qiliş uçun qanday va kimdan ruxsat olişiga aniqlik kiritilmagan.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 29-moddasiga köra, har kim fikrlaş, söz va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kimning özi istagan axborotni izlaş, oliş va uni tarqatiş huquqi kafolatlangan, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarşi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boşqa çeklaşlar bundan mustasnodir.
Şunga qaramay, YPX xodimi iştirokidagi turli video/ma'lumotlarni internetda tarqatiş qonun bilan taqiqlanmagan. Qabul qilinadigan qonun hujjatlari esa özidan yuqori turuvçi normativ hujjatlarga zid kelmasligi kerak.
Bundan taşqari, fuqarolik jamiyatini şakllantirişning asosiy mezonlaridan biri — jamoatçilik nazorati mexanizmi sifatida şaxslar qonunda belgilangan tartibda vakolatli şaxslarning huquqbuzarlik yo salbiy harakatini tanqid qiliş haqiga ega.
Alişer Rözioxunov












