Noma'lum şaxslar Toşkent tumanida yaşovçi B.S. boşqaruvidagi “Neksiya” avtomaşinasi salonidan 65 mln söm, 2700 AQŞ dollari, fuqarolik pasporti va korxonasining hujjatlarini öğirlab ketdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, voqea 24 iyun kuni Toşkent şahrining Olmazor tumanida joylaşgan “Özkabel” dökoni oldida sodir bölgan. Ma'lum bölişiça, maşina eşiklari oçiq holda qarovsiz qoldirilgan.
Körilgan çoralar natijasida uşbu jinoyatni Olmazor tumanida yaşovçi 19 yoşli D.H., 11-örta maktabning 11-sinf öquvçilari Yu.Yu. va J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, qölga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












