27 iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Buxoro şahridagi «Rudizar» restoranida Buxoro viloyatida faoliyat körsatayotgan jurnalistlar, matbuot va matbaaçilik sohasi xodimlari uçun tantanali bayram uyuştirildi.

Buxoro viloyat hokimi Öktam Barnoyev sözga çiqib, ularni kasb bayramlari bilan qizğin tabriklar ekan, söz erkinligi jamiyatimizda jamoatçilik nazoratini yaratişdagi örni haqida töxtaldi. Jurnalistlar va matbaaçilarga kelgusi işlarida omadlar tiladi. Mehnati respublika darajasida e'tirof olgan buxorolik qalamkaşlar tilga olib ötildi.

Viloyatda sodir bölayotgan voqea-hodisalarni tezkorlik bilan yoritişda hissa qöşgan mahalliy va respublika jurnalistlariga viloyat hokimining faxriy yorliği, esdalik sovğalari topşirildi. Şuningdek, anjumanda iştirok etgan 300dan ortiq jurnalistning har biriga maxsus sovğalar berildi.

Navoiy şahridagi «Farovon» tantanalar koşonasida ham navoiylik matbaa va ommaviy axborot vositalari xodimlari uçun bayram tadbiri taşkil etildi.

Tadbirda viloyatdagi 30dan ortiq teleradio va gazeta tahririyatlari hamda 40ga yaqin matbaa korxonalari mehnat jamoalari qatnaşdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi örinbosari F.Soliyev maşaqqatli kasb egalariga tabrik yöllar ekan, ularning faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi. Bugungaça soha egalarning 10 nafardan ortiği davlat mukofotlariga ega bölganini alohida ta'kidlab ötdi.

Şuningdek, respublika tanlovlarida navoiylik jurnalistlar iştirokining salmoği köpayayotganiga ham urğu berdi. Şundan söng, tahririyatlarning 30 nafar ijodiy xodimlariga viloyat hokimining taşakkurnomasi va faxriy yorliği hamda qimmatbaho sovğalari topşirildi. Bundan taşqari, Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi, viloyat içki işlar, ekologiya boşqarmalari ham ular bilan faol hamkorlik olib borayotgan jurnalistlarni taqdirladi.

Öz muxbirimiz.