Joriy yilning 27 iyun kuni Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy işlar organlari harbiy xizmatçilari iştirokida “Angren” umumqöşin toğ poligonida axloqiy va ruhiy ta'minotidan tadqiqot – sinov yiğin maşğulotlari ötkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Öquv yiğin maşğulotlarini ötkazişdan közlangan maqsad – qöşinlar maxsus harakatlari davomida axloqiy-ruhiy ta'minotni taşkillaştiriş, ruhiy ta'sirlar ostida şaxsiy tarkibni jangovar vazifalar bajarişini tadqiq qiliş, kuzatilgan xato va kamçiliklarni öz vaqtida aniqlab, yiğin samaradorligini oşiriş. 

Maşğulot ikki bosqiçda bölib ötdi. Birinçi bosqiçda tarbiyaviy va mafkuraviy işlar organlari harbiy xizmatçilari turli öquv nuqtalarida axloqiy-ruhiy ta'minotni taşkillaştirişga oid nazariy bilimlarini yanada kengaytiriş imkoniga ega bölişdi. 

Ikkinçi bosqiçda yiğin iştirokçilari jangovar otiş maydoniga harakatlaniş davomida pistirmaga duç keladi. Uşbu öquv nuqtasida şaxsiy tarkibning tösatdan yuzaga keladigan vaziyatda özini tutişlari atrofliça tahlil qilindi. 

Umumiy maşğulotlar yakunlanganidan söng, batalon şaxsiy tarkibiga konsert dasturi namoyiş etildi va ma'daniy hordiq taşkillaştirildi. Bu esa qatnaşçilarga yuqori kayfiyat bağişladi.