Xalqaro Press-klubning Islom sivilizatsiyasi markazidagi sessiyasida Özbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatçisi – spiçrayter Xayriddin Sultonov ÖzA muxbirining maktablarda Imom al-Buxoriy, At-Termiziy hadislari öqitilişi yuzasidan bergan savoliga javob qaytardi.
«Bizda maktab darslariga hadis, Qur'on ilmi kiritilmagan bölsa-da, odobnoma, ma'naviyat asoslari, Vatan tuyğusi haqida, tarix va jahon dinlari tarixi darsliklarimiz bor. Ularning har birida ozmi-köpmi hadislar, din ulamolari va Islom dini haqida ma'lumotlar bor. Gap uning miqdor, hajm jihatdan qança bölişida emas. Biz ötmişda yaratilgan merosning hammasini kör-körona qabul qilişimiz kerak emas. Bu bugungi taraqqiyotimizga xizmat qiladimi-yöqmi?
Har bir asarlarga öşa davrdagi hukmron siyosat ta'sir qilgan. Albatta, bundan xoli bölgan Qur'on va sahih hadislarimiz bor. Din yölida yaratilgan kitoblar juda murakkab masala. Unda köplab oqimlar bor. Qança-qança sulton, amirlar din nomi bilan öldirilgan.
Misol uçun, Nodirabegim ham din niqobi bilan öldirilgan. Şuning uçun bu masalaga öta hassoslik bilan yondaşişimiz kerak. Islomni yaxşi tuşuniş uçun ilm kerak, avvalo dinni örgatuvçilarning özida ilm bölişi kerak. Beş yil arab tilini öqib, arab tilida öz biografiyasini yozib berolmaydiganlar bor. Dinni örganişga sabr toqati yetadigan odamlar kerak. Şuning uçun yoppasiga har bir maktabda din darsini ötiş töğri kelmaydi. Bizga eng mos keladigan şior - «Diling Allohda, qöling işda bölsin». Hozir bizga umuman mos bölmagan qora kiyimlarga burkanişmoqda. Avvallari onalarimiz beş mahal namoz öqisa-da, qora matolarga burkanmagan-ku?!
Avvalo din yuragimizda, dilimizda bölişi lozim. Din köz-köz qilinmaydi. Yana bir gap, din bor va dindor bor. Din — özgarmas haqiqatlar majmuasi. Ammo dindorga xato qiliş, yanglişiş xos. Şuning uçun dindorlar faqat töğri gapiradi, deb öylaşimiz ham töğri emas. Qonunlarimizda vijdon erkinligi mustahkamlab qöyilgan şuni heç qaçon unutmasligimiz kerak. Islom sivilizatsiyasi markazini biz din böyiça mutaxassislar yetişsin, deb bunyod etmoqdamiz. Alohida iqtidorli bolalarni esa maxsus diniy bilim yurtlarda tarbiyalaş maqsadga muvofiq», — deb Xayriddin Sultonovning sözlarini keltirmoqda ÖzA.








