Odnoklassniki ijtimoiy tarmoğidagi guruh administratorlari guruhlar uçun jonlantirilgan muqovalarni yuklaş imkoniyatiga ega böldi. Endi OK hamjamiyatlarida bir neça klik orqali jöşqin muqovaga beştagaça suratlarni örnatiş mumkin bölib, ular obunaçilar e'tiborini jalb etgan holda bir biri bilan almaşib turadi. Jonlantirilgan muqovalar brend va mahsulot haqida ma'lumot berişi hamda sahifani boşqalar orasidan ajratişga yordam berişi mumkin.
OKdagi muqovalar nafaqt hamjamiyatni brendlaştiriş, balki suratlar ketma-ketligi yordamida hamjamiyat tarixi haqida aytib beriş imkonini beradi. Yangi vosita masalan, guruh yangiliklarini, tanlov yoki aksiya şartlarini ulaşişga, kayfiyat yaratiş uçun rasmlar, obunaçilar fotosuratlarini, ommabop tovarlar suratlarini va boşqalarni yuklaşga yordam beradi.
Şuningdek, jonlantirilgan muqovalar biznes uçun ham foydali böladi, çunki foydalanuvçi brend töğrisida 5 karra köp ma'lumotni köradi. Bunda kompaniya guruhga taşrif buyuruvçiga tovarlar va xizmatlar, çegirmalar va aksiyalar haqida darhol xabar beradi, muqovadagi kompaniya tarixi e'tiborni jalb etadi hamda obunaçilarni barça suratlarni körib, guruhda uşlanib qolişga çorlaydi.
Tutu, Ozon va Bon Appetit guruhlari jonlantirilgan muqovalarni birinçilardan bölib sinovdan ötkazdilar. Şu tariqa, sayohatlar onlayn-xizmati sayohatlarga oid ilhomlantiruvçi fotosuratlarni joylaştirdi, Ozon muqovalar yordamida öz tovarlariga yozgi aksiyalar haqida eslatib ötdi, Bon Appetit esa pazandalik hamjamiyati sifatida oziq-ovqat va taomlarning iştahani qözğaydigan tasvirlarini joylaştirdi.
Muqovani har qanday moslamada örnatiş va sozlaş mumkin. Buning uçun foydalanuvçi administrator bölgan guruhdagi “Redaktirovat oblojku” (“Muqovani sozlaş”) tugmasini bosiş kerak. Körinadigan menyuda moslama turiga boğliq holda “Nastroyki oblojki” (“Muqova sozlamalari”) yoki “Mobilnaya oblojka” (“Mobil muqova”) opsiyalari yuzaga keladi. Şundan söng 1dan 5tagaça surat yuklaş mumkin. Har qanday tasvirni veb-versiya uçun 3:1 formatga va mobil ilovalar uçun 4:3 formatga moslaştiriş mumkin.











