Bugun, 3 iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri va mutasaddi xodimlari hamda jurnalistlar iştirokida oçiq muloqot taşkillaştirildi.

Oçiq muloqot davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi «Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi PF-5712 Farmoni ijrosi va mohiyati haqida ma'lumot berildi.

9ta ustuvor yönaliş va 48ta maxsus kriteriya böyiça bajarilişi közda tutilgan Konsepsiyaning sohani malakali kadrlar bilan töldirişga doir qismi haqida fikr yuritar ekan, Şerzod Şermatov ayni paytda bu boradagi ahvol maqtanarli emasligini aytib ötdi.

«Tizimda işlayotgan öqituvçilarning qariyb oltmiş ming nafari oliy ma'lumotga ega emas. Şunday taassurot uyğonadiki, ular xuddiki heç qayerda iş topolmagandan söng «Men ham qayerdadir işlaşim kerak-ku», deb maktabga kelgandek», deydi Şerzod Şermatov.

Vazir davlat rahbarining 5ta taşabbusidan biri - kitobxonlik va yoşlar mutolaasi töğrisida alohida töxtalib ötdi.

«Hozir hamma xalq ta'limi tizimi böyiça ekspert. Şulardan ayrimlari kitoblarni biratöla yöq qilib, har bitta öquvçining qöliga planşet beriş va darsni ham töliq elektron şaklda ötişni maslahat qilişgan. Ammo men bunga hamişa qarşi bölganman. Kitob heç qaçon yöqolmaydi. Taraqqiyot ming kuçaymasin, kitob öqiş ham heç qaçon yöq bölmaydi. Agar bunday bölganida edi, hozirgi kunda AQŞdagi maşhur Amazon portalida 40 million turdagi kitob joylaştirilmagan bölar edi», degan vazir.