Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Intellektual mulk agentligi ijro etuvçi apparatining yangilangan tuzilmasi tasdiqlandi.
Agentlikning asosiy vazifasi intellektual mulk sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari va boşqa intellektual mulk obektlarini huquqiy muhofaza qiliş hisoblanadi.
2019/2020 öquv yilidan Toşkent davlat yuridik universitetida “Intellektual mulk huquqi” mutaxassisligi böyiça yangi magistratura yönalişi oçiladi.
Adliya vazirligi huzurida adliya vaziri raisligida intellektual mulk obektlarining huquqiy muhofazasi bilan boğliq bölgan apellyatsiyalarni sudgaça körib çiquvçi Apellyatsiya kengaşi taşkil etildi.
Qarorga muvofiq, quyidagi mezonlarga mos tovar belgisi va xizmat körsatiş belgisi Özbekistonda hammaga ma'lum deb e'tirof etiladi:
tovar belgisi qöllaniladigan tovarlar yoki xizmatlarning turi iste'molçilar, uni tarqatadiganlar yoki unga aloqador işbilarmonlar doirasida tanib olinişi;
avvaldan xos bölgan yoki faol foydalaniş natijasida vujudga kelgan yuqori farqlaniş xususiyati;
Özbekiston hududida, Internet tarmoğining milliy segment domen nomlari tizimida tovar belgisidan keng foydalaniş va uning reklama qilinişi;
respublikada uzoq muddat davomida va faol foydalaniş natijasida vujudga kelgan tijorat qiymati.












