Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk ob’yektlariga beriladigan patent va guvohnoma şakllari davlat röyxatidan ötkazildi. Tegişli hujjat 2026 yil 24 iyul kuni 3909-son bilan davlat röyxatidan ötgan.
Hujjatga muvofiq, intellektual mulk ob’yektlariga oid jami 12 turdagi patent va guvohnoma şakllari tasdiqlandi. Ular orasida ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, ösimlik navi va hayvon zoti uçun patentlar, şuningdek, tovar belgisi, hammaga ma’lum tovar belgisi, tovar kelib çiqqan joy nomi va geografik körsatkiçdan foydalaniş huquqiga oid guvohnomalar mavjud.
Bundan taşqari, elektron hisoblaş maşinalari uçun yaratilgan dasturlar, ma’lumotlar bazalari hamda integral mikrosxemalar topologiyalarining rasmiy röyxatdan ötkazilganligini tasdiqlovçi guvohnoma şakllari ham tasdiqlandi.
Adliya vazirligi qayd etişiça, mazkur patent va guvohnoma şakllari intellektual mulk ob’yektlariga bölgan huquqlarni rasmiy tasdiqlaş, ularning huquqiy himoyasini ta’minlaş, şuningdek, mualliflar va boşqa huquq egalarining qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişga xizmat qiladi.













