“Intellektual faoliyat natijalarini rağbatlantiriş hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etişni kengaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori (PQ–358-son, 27 noyabr 2025 yil) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026–2027 yillarda intellektual mulk sohasini rivojlantirişning asosiy maqsadli körsatkiçlari quyidagilar etib belgilandi, jumladan:
mamlakatda röyxatdan ötkazilgan intellektual mulk obektlari sonini 100 mingtaga yetkaziş;
intellektual mulk obektlarini röyxatdan ötkaziş jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalaniş orqali ekspertiza muddatlarini 2 barobarga qisqartiriş.
Şuningdek, qaror bilan Adliya vazirligining mavjud “Sanoat mulki muhofazasi” va IP Protection axborot portallari negizida yagona “Intellektual mulk muhofazasi” portali işga tuşirilişi belgilangan. Uşbu platforma orqali:
intellektual mulk masalalariga oid murojaatlarni onlayn qabul qiliş;
intellektual mulk obektlari bilan boğliq şartnomalarni onlayn tarzda tuziş;
kontrafakt tovarlar, şuningdek, intellektual mulk huquqlarini buzganligi uçun faoliyati çeklangan veb-saytlar töğrisidagi ma’lumotlarni joylaştiriş imkoni yaratiladi.
Kutilişiça, qabul qilingan çora-tadbirlar intellektual mulk huquqlarini himoya qiliş tizimini zamonaviylaştiriş, ixtiroçilar va mualliflarni yanada faolroq röyxatdan ötişga rağbatlantiriş, şuningdek, barça jarayonlarni raqamlaştiriş hisobidan şaffoflik va tezkorlikni ta’minlaşga xizmat qiladi.












