Şarja amirligi hukmdori şayx Xolid bin Sulton Al Qosimiyning öğli ölimi munosabati bilan BAAda uç kunlik milliy motam e'lon qilindi, deb xabar berdi WAM axborot agentligi.

Şarja amirining işlar boşqarmasi ma'lum qilişiça, şayx Xolid Al Qosimiy 1 iyul kuni Buyuk Britaniyada vafot etgan. Ölim sababi xabar qilinmayapti.

Öttiz töqqiz yoşli Xolid Al Qosimiy Şarja amirligi hukmdori şayx Xolid bin Sulton Al Qosimiyning uçinçi öğli edi.

Xolid Al Qosimiy Buyuk Britaniyada yaşar, u Qasimi kiyim-keçaklar brendiga asos solgandi.

1999 yilda Buyuk Britaniyada Şarja hukmdorining katta öğli şayx Muhammad bin Sulton Al Qosimiy 24 yoşida vafot etgan. OAVning ma'lumotiga köra, suddagi tinglovlarda uning ölimiga giyohvand moddani haddan ortiq iste'mol qiliş sabab bölganligi aytilgan.