Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida 5 iyul kuni birinçi yarim yillikda davlat budjetiga tuşumlar natijadorligini tahlil qiliş va yangi vazifalarni belgilaş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişi ötkazildi. 

Videoselektorda energiya resurslari tariflarini optimallaştiriş masalasi ham körib çiqildi. 

«Oxirgi ikki yilda aholi, ijtimoiy va işlab çiqariş obektlarini uzluksiz elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta'minlaş borasida qator işlar amalga oşirildi. Uşbu yönalişdagi işlarni yanada yaxşilaş maqsadida tegişli tarmoqlarni modernizatsiya qiliş, energiya tejamkor texnologiyalarni qöllaş va xarajatlarni optimallaştiriş talab etilmoqda. Bularsiz tarmoqlarning moliyaviy ahvolini yaxşilaş va sohaga faol investitsiyalarni jalb qiliş imkonsiz.

Şu bois, mutaxassislar va xalq vakillari fikrlarini inobatga olib, aholi uçun tariflarni keskin oşirmasdan, inflatsiya darajasiga yaqin miqdorda özgartiriş böyiça takliflar işlab çiqilgan. Tarif islohotlari xalqqa yengil bölişi uçun eng kam iş haqini ham oşiriş rejalaştirilgan», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Yiğilişda tariflarni tartibga soliş böyiça taklif etilayotgan islohotlarni aholiga töliq yetkaziş zarurligi ta'kidlangan. Soliq islohotlarini tarğib qiliş böyiça Respublika işçi guruhi a'zolari, şuningdek, mahalliy kengaşlar deputatlari, iqtisodiyot va kommunal xizmat körsatiş taşkilotlari mutasaddilari joylarga borib, har bir mahallada aholiga tariflar özgarişining mazmun-mohiyatini tuşuntiriş böyiça vazifalar belgilangan.

Ma'lumot uçun, hozirgi tariflarga köra maişiy iste'molçilar uçun 1 metr kub tabiiy gazning narxi 320 söm, elektr energiyasining 1 kilovatti esa 250 sömni taşkil qiladi.

2019 yilning 1 iyunidan 1 metr kub tabiiy gaz narxi 350 sömga, elektr energiyasining 1 kilovatti esa 280 sömgaça oşişi kutilgandi. Keyinroq Moliya vazirligi narxlar özgarmasligini ma'lum qildi.

Eslatib ötamiz, hozirda eng kam iş haqi oyiga 202 730 sömga teng.