Toğli hududdan ötişda yoki samolyot uçiş va qöniş vaqtida quloq bitib qolişi köpçilikka ayon. Hatto ba'zida kuçli oğriq ham kuzatiladi. Uning sababi va yeçimlari haqida taniştiramiz.
Nega quloq bitadi?
Örta quloq böşliğidagi va atrofdagi havo bosimi örtasida muvozanat buzilsa, bezovtalik paydo böladi. Quloq içidagi bosimni me'yorlaştirişga yevstaxiyev nayçasi javobgar hisoblanadi. Uşbu tor nayça örta quloq böşliğini burun-tomoq böşliği bilan tutaştirib turadi. Samolyot yuqoriga kötarilganda yoki qönayotganda örab turgan muhitning havo bosimi yevstaxiyev nayçasi muvozanatni uşlaşga ulgurmaydigan darajada juda tez özgaradi. Natijada quloqlar bitadi yoki oğrişni boşlaydi.
Şifokorlar bu holatni airplane ear (sözma-söz — «samolyot quloği») deb ataşadi. Mayo Clinic mutaxassislari quloqlardagi kuçli noqulaylik yoki oğriq, ularning bitib qolişi va eşitişning yomonlaşişi kabilarni airplane ear'ning alomatlari deb qabul qilişgan.
Odatda esnaş yoki nimanidir çaynaş yeçim böla oladi — belgilar yöqoladi, ammo ba'zi bir holatlarda asoratlar jiddiy bölişi mumkin. Quyida ulardan misol keltiramiz:
- kuçli oğriq;
- quloqda suv kirganga öxşaş bosim;
- eşitiş qobiliyati yomonlaşişi yoki butunlay yöqolişi;
- quloqda şovqin paydo bölişi;
- boş aylanişi;
- boş aylanişi natijasida qusiş;
- quloqdan qon ketişi.
Alomatlar bir neça soat davomida ham ötib ketmasa, şifokor tavsiyasini oliş zarur.
Xavf omillari
Yevstaxiyev nayçasini yopib qöyuvçi yoki uning işlaşiga tösqinlik qiluvçi har qanday omil xavfli hisoblanadi:
- nayçaning kiçikligi, asosan yoş bolalarda;
- şamollaş;
- sinusit (burun böşliği şilliq qavatining yalliğlanişi);
- allergik rinit;
- örta quloq böşliği infeksiyasi.









