Bojxonaçilar tomonidan sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga çek qöyildi.
Xususan, Sirdaryo viloyati bojxona boşqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvçi boşqa idora vakillari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbir davomida “Neksiya” rusumli avtomaşinasini töxtatib, belgilangan tartibda xolislar iştirokida nazoratdan ötkazişdi.
Natijada, avtomaşina yukxonasidan fuqaro A.S.ga tegişli bölgan umumiy qiymati 32,6 million sömlik, 866 dona tegişli sifati kafolatlanmagan parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda viloyat bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan fuqaro R. O. boşqaruvidagi “Sobalt” rusumli yengil avtomaşina töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirildi.

Natijada uşbu avtomaşina saloni hamda yukxonasida fuqaro R.D.ga tegişli bölgan xorijda işlab çiqarilgan, heç qanday hujjatlari bölmagan 5 turdagi, umumiy qiymati qariyb 30,5 million sömlik 312 dona uyali qöl telefon apparatlari va 141 dona uyali qöl telefon apparatining batareykalari mavjudligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.











