Test sinovlari böladigan öquv yilidan avvalgi yillarda ta'lim muassasalarini tugatgan nogiron abituriyentlardan test sinovlarida iştirok etiş uçun tölov undirilmaydi, deyiladi Adliya vazirligi xabarida.

Harbiy xizmat vazifalarini bajarişda nogiron bölib qolgan Qurolli Kuçlarning kontrakt böyiça harbiy xizmatçilari farzandlariga oliy ta'lim muassasalariga öqişga kiriş uçun tavsiyanomalar beriladi.

I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar, nogironligi bölgan bolalar oliy ta'lim muassasalariga qöşimça ikki foizli davlat granti asosida qabul qilinadi.

Nogironligi bölgan şaxslarning bolalari boğçalarga joylaştirişda imtiyozli röyxatga kiritiladi.

Ota-onalardan biri yoki har ikkisi ham birinçi I va/yoki II guruh nogironi bölgan oilalar, nogiron bolasi (bolalari) bölgan oilalar iqtidorli farzandlari quyidagilar bilan ta'minlanadi:

zamonaviy yagona maktab formasi;
asosiy turdagi öquv qurollari;
badiiy kitoblar;
bolalar gazeta va jurnallariga obuna qiliş;
respublika oromgohlarida dam olişini taşkil etiş;
respublika böylab sayohatga boriş va keliş xarajatlarini qoplaş.

Davlat grantlari böyiça ta'lim olgan I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar oliy ta'lim muassasalaridan akademik ta'til olganida öqişga davlat grantlari asosida qayta tiklanişi mumkin.