Markaziy harbiy okrugidagi «Kattaqörğon» poligonida Samarqand viloyati harbiy-ma'muriy sektori bilan hamkorlikda hududi va salmoği jihatidan Özbekistondagi birinçi raqamli harbiy poligon barpo etilyapti. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Kattaqörğon şahridan 200 km uzoqlikdagi poligonda olib borilayotgan quriliş işlari joriy yilning 25 may kunidan boşlanib, şu vaqtga qadar 13 mlrd. söm mablağ sarflangan. Yana şunça mablağ hisobidan poligon hududida 16 ta harbiy va ijtimoiy obektlarda kapital ta'mirlaş hamda 4 ta yangi binoni jihozlaş işlari yölga qöyilgan. Şu bilan birga 1200 nafar harbiy xizmatçi uçun yotoqxona barpo etilgan.

Jangovar texnikalar parkida 150 dan ziyod harbiy texnikalar uçun oçiq maydon hamda yopiq binolar barpo etilmoqda.

Poligonning katta qismi harbiy-ma'muriy sektor yordamida, 40 ga yaqin öquv nuqtalari esa harbiy xizmatçilarning maşğulotlaridan böş vaqtlarda bunyod etilmoqda. Eski poligondan farqli tomoni bir vaqtning özida barça mutaxassisliklar hamda qöşin turlari bir-biriga xalaqit qilmay öz istehkomlaridan maşğulotlarga kirişadi. 

Bundan taşqari, dala maydonida real jang manzarasini gavdalantiriş maqsadida aviatsiya zarbalari uçun harbiy hisobdan çiqarilgan 18 ta tank va texnikalar, şuningdek, artilleriya bölinmalar uçun maxsus nişonlar qöyilgan. Jangovar texnikalardan otiş yönalişlarida zamonaviy jang taktikasidan kelib çiqib, qisqa soniyalarda manyovr qöllaş obektlari qurilyapti. Barça kuç-vositalarini boşqariş, hamkorlikdagi harakatlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida 3 qavatdan iborat qömondonlik kuzatuv minorasi barpo etilmoqda. Kelgusida Özbekiston mezbonlik qiladigan Xalqaro musobaqalarni ba'zilari ham aynan mana şu poligonda ötkazilişi közda tutilgan.