Toşkent şahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş boşqarmasiga 4 iyul kuni Yunusoboddagi daraxtlar noqonuniy kesilayotganligi haqida tezkor xabar yetib keldi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga köra, xabar bu kabi vaziyatlar uçun maxsus yaratilgan @EcoControl_bot telegram boti orqali yetkazilgan.

Tezkor suriştiriş işlari natijasida haqiqatdan ham Yunusobod tumani, 4-mavze, "Billur" mahallasida diametri 51sm dan 78 sm gaça bölgan 11 ta daraxt noqonuniy kesilganligi aniqlandi.
Daraxtlar kesilişi "METIN KOMMUNAL SeRVIS" MÇJ tomonidan amalga oşirilgan. Tabiatga keltirilgan zarar jami 163,663,929 söm deb baholandi.

Uşbu holat böyiça tuman Ekologiya inspeksiyasi tomonidan rasmiylaştirilgan barça hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.
“Siz daraxtlarning noqonuniy kesiliş jarayoniga guvoh bölsangiz, @EcoControl_bot telegram botiga xabar qiling”, - deyiladi xabarda.











