Namangan viloyati, Kosonsoy tuman markazida taşkil etilayotgan “Yaşil xiyobon” hududida xalq ta'limi tizimida faoliyat yurituvçi texnik xodimlarni majburiy mehnatga jalb qiliş holati örganib çiqildi, deya xabar bermoqda Xalq ta'limi vazirligi.
Huquqiy-nazorat xizmati örganişi natijasiga köra, 2019 yil 28 iyun kuni “Obod markaz” Davlat dasturi asosida har bir ta'lim muassasasiga 10 metrdan joy ajratilib, direktorlarga beton quyiş hamda obodonlaştiriş işlarini bajariş yuzasidan topşiriq berilgan.
Topşiriqqa asosan, 29 iyun kuni tuman xalq ta'limi tizimining 80 nafar texnik işçi xodimlari yangi barpo etilayotgan “Yaşil xiyobon” hududida “şanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyiş va obodonlaştiriş işlariga majburiy jalb etilganligi ma'lum böldi.
Prezidentning “Yoşlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalaş, ularga ta'lim-tarbiya beriş tizimini sifat jihatidan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisi”gi 2018 yil 14 avgustidagi PQ-3907-son qarori va prezidentning «Xalq ta'limi boşqariş tizimini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 2018 yil 5 sentyabrdagi PF-5538-son farmoniga muvofiq, Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tizimdagi ta'lim muassasalari öqituvçilari va işçi-xodimlarini faoliyatiga tegişli bölmagan işlarga, ya'ni obodonlaştiriş, dala işlari, paxta yiğim-terimi, majlislarda qatnaşiş, obuna, uyma-uy yuriş va boşqa tadbirlarga jalb etilmaslik vazifalari yuklatilgan.
Uşbu holat yuzasidan ötkazilgan örganiş natijasi böyiça Kosonsoy tumani xalq ta'limi bölimi mudiri vazifasini vaqtinçalik bajaruvçi F.N. vazifasidan ozod etildi. M.Alloxonova Kosonsoy tumani xalq ta'limi bölimi mudiri vazifasiga tayinlandi.
Kosonsoy tumanidagi umumiy örta ta'lim maktablarining 80 nafar işçi xodimlari majburiy mehnatga jalb etilganligi uçun mansabdor şaxslarga nisbatan tegişli çoralar körilişini ta'minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi boş prokurori nomiga joriy yilning 4 iyul kuni xat yuborildi.
Xalq ta'limi vazirligi öqituvçilarning şikoyatlarini qabul qiluvçi virtual inspektorni işga tuşirgan. Öqituvçilar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli tölovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborişlari mumkin.












