Tezkor tadbir Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida ötkazilgan.

Xabarda aytilişiça, hokim örinbosari mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, mahalliy tadbirkordan özining yaşaş xonadoniga 20 kVt quvvatli quyoş panellarini örnatib berişni talab qilgan. Aks holda, hokimlik tomonidan tadbirkorga ijara asosida berilgan yer maydonini boşqa tadbirkorga olib beriş bilan qörqitgan.

Mansabdor quyoş panellarini sotib oliş va örnatiş xarajatlari uçun 65 mln sömni öz xizmat avtomaşinasida olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi - pora oliş böyiça jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.